Qirg’izistondagi horijiy investorlar ish yurgizayotgan Qumto’r yirik oltin koniga olib boruvchi yo’lni to’sib qo’ygan namoishchilar javobgarlikka tortilishlari mumkin, deyiladi payshanba kuni ommalashtirilgan mamlakat rahbariyatining bayonotida.
Issiq-ko’l oblastining yuzlagan turg’inlari seshanba kundan boshlab konga olib boruvchi yo’lni to’sib qo’yishgan. Ular yo’l chekkasiga o’tovlar tikib olishgan va kondan qaytayotgan transportnigina o’tkazib yubormoqdalar. Namoishchilar kanadalik investorlar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishlik, mahalliy xalq uchun ijtimoiy imtiyozlarni ko’paytishlik va rayon shifoxonasi uchun yangi bino qurib berishlik talablarini qo’ymoqdalar.
“Barcha miting va piketlar bizning liberal qonunchiligimiz doirasidagina hamda boshqa fuqarolar huquqlarini poymol qilmagan holdagina o’tishligi kerak, – deyiladi ministrlar kabinetining bayonotida. – Qonunchilikni hamda huquqiy tartibni mamlakat qiyofasiga putur etkazadigan darajada buzganlar javobgarlikka torilishlari shart”.
Hujjatda takidlanishicha, hukumatni qattiq xavotirga solayotgan narsa – oxirgi vaqtlarda bunaqangi aktsiyalar yirik investorlar ish olib borayotgan konlar va qurilish obektlarida uyushtirilmoqda. “Bunday aktsiyalar ijtimoiy foyda bermaydi, ichki ishlar xizmati organlarining katta mablag’larini zoya ketkazadi, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga va investitsion muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu narsa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishigagina emas, hatto uning xalqaro obro’si va davlatchiligiga ham tahdiddir”, – deyiladi bayonotda.
Qumto’r – dunyodagi eng balandlikda joylashgan oltin konlarining biri. U dengiz sathidan 4 ming metrdan ortiq balandlikda joylashgan, uning zaxirasida 700 tonnaga yaqin oltin bor. Kon aktsiyasining 100 foizi Kanadaning Centerra Gold kompaniyasining qo’lida. Mazkur yilning baxorida Qirg’iziston rahbariyati oltin konini ishlatishlikda kanadalik investorlarning ko’p marotabalab ekologik qonunbuzarliklarga yo’l qo’yganligi haqida bayonot bergan va konni bundan keyingi ishlatishlikdagi Qirg’izistonning o’rnini yaxshilash uchun kelishim shartlarini o’zgartirishlarini talab qilgan.