Butun yurt qo’zg’olonning ikki yillik xotiralari manzarasida keskin siyosiy beqarorliklarni, bu beqarorliklar Port-Said, Qohira va boshqa shaharlarda 52 kishining o’limiga, yuzlab kishilarning jarohatlanishiga olib kelgan qonli to’qnashuvlarga aylanib ketganini guvohi bo’lmoqda. Bir xavfsizlik manbaidan olingan xabarga ko’ra, Qohirada o’qdan halok bo’lgan ikki kishi bilan qurbonlar soni 54 taga etgan («Reyter» 30 yanvar).
Bu va boshqa hodisalar odamlar butun yurtga, xavfsizlik va tinchlikka xavf solayotgan ayni bo’hronni his etayotganlarini ko’rsatib qo’ydi, vaholanki, xavfsizlik bilan tinchlik hayot asoslari va zaruratlari, demakdir. Diqqatni eng ko’p jalb qilayotgan va odamlar birinchi bor ko’rayotgan narsa, bir yangi yoshlar guruhi chiqdi. Yuzlariga niqob taqib, qora kiyib olgan, o’zlarini «Blek Blok», deb atashayotgan bu kimsalar bir necha jamoat joylarini toshbo’ron qilishib, benzinli shisha uloqtirish bilan o’t qo’yib yuborishdi. Mudofaa vaziri Abdulfattoh Sisiy 2013 yil 29 seshanba kuni qurolli kuchlar rasmiy matbuotiga: «Yurtdagi bunday siyosiy kurash yurtni emirilish jariga olib boradi», deb ochiq ogohlantiruvchi bayonot berdi. Bu yurtdagi eng katta tashkilotdan chiqqan kuchli gap bo’lib, u o’ta muhim xavfsizlikka oid davrni o’tamoqda, yurt taqdiridan tashvish bildirmoqda. Yana u bunday qo’shimcha qildi: «Hozirda Misr duch kelib turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlikka oid kurash va muammolar uning xavfsizligiga ham, taqdirini hal etuvchi birligiga ham real xavf tug’diradi».
Ko’zga yaqqol ko’rinib turgan va dalilu isbot talab qilmaydigan narsa shuki, Misrdagi bu davlat o’z fuqarolarini xavfsizligi va tinchligini ta’minlay olmaydi, fuqaro hayoti uning uchun asosiy narsa emas, qoni ham uning uchun arzimas narsa, chunki bu davlat qon to’kilishini to’xtatish uchun kerakli chora-tadbirlar ko’rmasdan, o’lganlar va jarohatlanganlarni sanash bilan mashg’ul. Vaholanki, Rosululloh bunday deydilar:
«Jonim qo’lida bo’lgan Zot haqqi, Allohning nazdida bitta mo’minning o’ldirilishi bu dunyoning zavol topishidan og’irroqdir» (Nasoiy Sunani). Go’yo bu hol davlat uchun ahamiyatli emasday, alhol, butun yurt bo’ylab begunoh kishilar qoni kechayu kunduz daryo bo’lib oqmoqdayu, nafaqat yordam beruvchi kishi yo’q, balki yordam berish uchun quloq tutuvchi kishi ham topilmaydi!
Ey Kinona Misridagi ahlimiz!
Islom davlatga ishlarni boshqarishni topshirgan bo’lib, u o’z fuqarosiga javobgardir. Nabiy:
«Insonlar ustidagi imom-rahbar boshqaruvchidir va u o’z raiyatidan javobgardir» (Muttafaqun alayh), dedilar. Demakki, davlat har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak va turar-joyni ta’minlashi, buni musulmon bilan g’ayrimusulmon o’rtasini ajratmagan holda adolat va insof bilan ado etmog’i vojibdir, chunki har bir shaxsning boshqarilish va e’tibor berilish huquqi bor.
Shuningdek, davlat jamoaning asosiy ehtiyojlarini, ya’ni xavfsizlik, sog’likni saqlash va ta’lim bilan ta’minlashi ham vojibdir. Zero, xavfsizlik birlamchi bajariladigan ishlarning asosiysidir.
Nabiy bunday marhamat qiladilar:
«Sizlardan kimda-kim o’z jamoasi bilan xavfsiz, tan-joni sog’, bir kunlik ozuqasi bor holda tong ottirgan bo’lsa, demak, go’yo unga butun dunyo jamlab berilibdi» (Nasoiy sahih degan). Shuning uchun Islomda xavfsizlikning to’la ta’minlanishi hukmdor vazifalarining eng muhimidir. Qarang, Rosululloh rahbarning o’z fuqarosi xavfsizligini saqlashi borasida go’zal bir masal keltirdilar: Sahihi Buxoriyda bunday rivoyat keladi: Bir kecha Madina ahli cho’chib tushdilar va ovoz kelgan tomonga chiqdilar. Shunda Nabiy (ulardan oldin) xabarni aniqlab bo’lgan hollarida ularni qarshi oldilar. Ul zot Abu Talhaning otini egarlanmagan holda minib olgan bo’lib, bo’yinlariga qilich osib olgan edilar. Ul zot «Qo’rqmanglar, qo’rqmanglar» dedilar. Keyin «(Sizlarni qo’rqitgan) narsa dengiz ekanini bildik» yoki «U dengiz ekan» dedilar. Ushbu rivoyat boshqaruvchining o’z fuqarosi xavfsizligiga qattiq qayg’urganiga dalolat qiladi. Biroq Islom davlati (Xalifalik davlati) qulatilgach, Ummat nafaqat xavf ostida va notinch ahvolda qoldi, balki musulmonlar xuddi tirik etimga o’xshab qoldilar, bugun yurtlarimizda insondan arzon narsa qolmadi! Inson tomonidan o’ylab topilgan tuzumlar, mohiyatsiz, manbasiz qonunlar ostida zarracha qadrimiz yo’q. Halok qiluvchi va o’zi ham halok bo’luvchi, bizning aqidamizdan balqib chiqmagan, hurmatimizni ham, qonimizni ham himoya qilmaydigan bu demokratiyada xosiyat yo’q!!
Ey Misr ahli! Shubhasiz, bu Ummat qudratining siri ham, azizligi yashiringan joy ham, ulug’ligi kelib chiquvchi manba ham uning dini va aqidasidir, o’z mabdaiga qanchalar rioya qilishidadir. To dinimizga qaytmas ekanmiz, na xavfsizlik, na barqarorlik va na insonlar o’rtasida birlik qaytib keladi. Alloh
Taolo bunday dedi:
«Imon keltirgan, o’z imonlarini zulm bilan aralashtirmagan zotlar – ana o’shalar uchun xavfsizlik bor va o’shalar hidoyat topuvchidirlar» [An’om 82]
Qachon insonlar Allohning shariatiga bo’ysunsalar, ahkomlarini tatbiq qilsalar, Xalifalik davlatini barpo etsalar, ana o’shanda o’z jonlari, mollari va nomuslari uchun mukammal xavfsizlikni ta’minlagan bo’ladilar.
Biz Hizbut Tahrir a’zolari siz Misr ahlini biz bilan birga payg’ambarlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishga da’vat etamiz. Bilingki, mo’minlar Alloh va Rosulining hukmiga itoat qilgan paytlarida, gumon qilingan xavf borasida Alloh – O’zining ushbu kalomiga ko’ra – ularga xavfsizlikni iltifot etadi:
«U (Alloh) o’z imonlariga yana imon qo’shishlari uchun mo’minlarning qalblariga sokinlik-orom tushirdi. Osmonlar va er qo’shinlari yolg’iz Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi bo’lgan zotdir» [Fath 4]
Hizbut Tahrir 19 robiul-avval 1434h
Misr viloyati 2 fevral 2013m