Suriya ulamolari ittifoqining raisi o’ldirildi

585
0

Suriya qo’zg’olonchilari nazdida Allohni qo’yib, Hofiz Asad va uning o’g’li Bashar Asadni do’st tutgan Ramazon Butiy Damashqdagi masjid ichida yuz bergan portlashda hayotdan ko’z yumdi.

Shayx Ramazon Butiy boshqa saroy ulamolari kabi qo’zg’alon boshlangan kundan tortib hozirgacha Asadning yonini olib, namoyishchilarni tanqid qilib kelgan ulamolardan biriir. U Bosil Asad o’limidan keyin “men uni shu erdan turib jannatda Siddiqlar va Nabiylar bilan yonma-yon turganini ko’rayapman degan edi”.

Butiyning chiqargan fatvolari musulmonlarning qattiq g’azabiga uchradi. U barchani Bashar Asadga itoat qilishga va uning bayrog’i ostida jang qilishga chaqirib, bunga Rosululloh s.a.v.ning amirlarga itoat qilish va uning ortida turib jihod qilish haqidagi hadislarini dalil qilib keltirgan edi.

Xolis musulmonlardan biri Mahmud Abdulkarim Ramozon Butiyning tiriklik chog’ida unga nisbatan shunday degan edi: “Ramozon Butiy Rosululloh s.a.v.ning minbarida turib Bashar Asadning jinoyatchi to’dalari qilayotgan ishlari haqida “ular Rosululloh s.a.v.ning sahobalariga uxshaydi” deb xutba qildi. Vaholanki uning jinoyatchi to’dalari musulmonlarni so’yishmoqda, tiriklayin ko’mishmoqda. Bu aniq adashish emasmi? Bu mazlum musulmonga qarshi zolimni himoya qilish yo’lida o’z jonini o’tga tashlash emasmi? shariyatni bilgan olim kishi shunday bo’ladimi? Asadning jinoyatchi to’dasini va jallodlarini sahobalarga qiyoslash, kufr emasmi axir?”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.