Milliy koalitsiyasi Suriyaning yarmini boshqarmoqchi

263
0

Muxolifatdagi Suriya milliy koalitsiyasi tomonidan saylangan muvaqqat bosh vazir Hasan Hitto qo’zg’olonchilar qo’lga kiritgan hududlarni, ya’ni – ularning ta’kidlashicha – Suriyaning yarmiga teng mintaqani boshqarish vazifasini o’z zimmasiga oldi.

Ismi oshkor etilishini istamagan koalitsiya a’zosining aytishicha, AQSh fuqaroligiga ega bo’lgan Hasan Hitto 30 yildan buyon Amerikada yashab, diplomatik aloqalar bo’yicha malaka orttirgan. “Bunday aloqalar koalitsiya muxtoj bo’lgan iqtisodiy dastakka erishish uchun o’ta muhimdir”, deydi kolitsiya a’zosi.

Koalitsiya a’zolaridan biri Abdul Ahad ikki kun avval yangi hukumat aholiga kerakli yordamlar etkazib berish va turli xizmatlar bilan ta’minlash hamda politsiya apparatini tashkil qilishni o’z zimmasiga olishiga ishora qilgan edi. Uning aytishicha, yangi hukumat o’ziga manba sanalgan koalitsiyaning ijroiy apparati bo’ladi.

Yangi bosh vazir BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardan muvaqqat hukumatga joy berishni so’rab, Suriyaning xorijdagi elchixonalari isyonchilar nazoratiga olinishini aytgan. Hasan Hitto, shuningdek, Suriyaning G’rbda muzlatilgan hisob raqamlari va mulklarini muvaqqat hukumatga o’tkazishni so’ramoqda.

Bu ish Britaniya va Frantsiya Suriya qarshilik harakatini qurol aslaha bilan ta’minlashga chaqiriqlari davom etayotgan bir paytda bo’lib o’tdi.

Isyonchilar G’arb davlatlaridan harbiy madad so’rar ekan, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri “Britaniya va Frantsiya ularni qurollantirmoqchi bo’lsa, qarshiligimiz yo’q”, dedi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari shu hafta Dublinda uchrashib, masalani muhokama qiladi. Ayrim a’zo mamlakatlar Suriyaga qurol jo’natilsa, mojaro yanada qonli tus olishidan xavotirda.

Al-alam axborot agentligining xabariga ko’ra, London Suriya qurolli harakatini dastaklash uchun Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqmoqda. “Daily Star Sunday” gazetasining yozishicha, Britaniya xos kuchlarining qo’mondonlari Suriya qarshilik harakatini kerakli qurol aslaha bilan ta’minlash uchun maxfiy reja tuzgan. Britaniya xos kuchlari yangi missiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun Afg’onistondan olib chiqilayotganini aytgan hukumat manbasining so’zini ilova qiladi Daily Star Sunday” gazetasi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.