Suriya ozod qo’shini 3ta samalyotni urib tushirdi

496
0

Suriya faollarining ta’kidlashicha, Suriya ozod qo’shini Asad rejimiga tegishli 3ta samalyotni urib tushirgan. Ulardan biri aeroport yaqinida urib tushirilgan. Shuningdek ularning aytishicha, Damashq yo’lidagi beshinchi ko’prik yonida portlashlar yuz bergan va mintaqada yong’in chiqishi oqibatida aeroportdan elektr energiyasi uzilib qolgan. Ayni paytda Suriya huquq manbalari kecha shanba kuni 161 kishi halok bo’lganligini va ularning asosiy qismi Damashq, uning atrofi va Halabda sodir etilganligini tasdiqlagan.

Suriya qo’zg’oloni umumiy hay’ati zikr qilishicha, portlashlar va rejim kuchlari bilan Suriya ozod qo’shini o’rtasidagi dahshatli janglar Damashq xalqaro aeroporti yo’lidagi beshinchi ko’prik yonida yuz bergan. U yana mintaqada yong’in alanga olib, osmonni tutun qoplaganligi va natijada aeroportdan elektr uzilib qolganligiga ishora qilib o’tdi.

Shom axborot tarmog’ining xabarlarida davlat kuchlari artilleriya va minomyotlar bilan Damashqning Asoliy kvartaliga hujum uyushtirgani va Barza kvartalidagi Ushshul-varur mintaqasida gumburlagan portlash ovozlari eshitilgani haqida aytiladi. Shuningdek davlat qo’shini og’ir artilleriya bilan janubiy Damashq kvartallariga va Jubar va Basotin-kafarsusaga yangidan hujum boshlagan.

Ayni damda Suriya faollari internet orqali ozod qo’shin tomonidan turli mintaqalarda davlatga tegishli samalyotlarni urib tushirish amalyotlari tasvirga tushirilgan video tasmani tarqatishdi.

Faollarning izohlashicha, Idlib hududi yaqinidagi Ma’ratun-nu’mon mintaqasida va poytaxt Damashq atrofidagi aeroport yaqinida davlat kuchlariga qarashli uchta qiruvchi samalyot qulab tushgan. Suriya hukumati hanuzgacha bu haqida izoh bermadi.

Hukumat aeroport yaqinida janglar nihoyasiga etganini ta’kidlashiga qaramay faollar ozod qo’shin hanuz aeroport yo’lidagi 35 – batalonga egalik qilayotgani haqida aytilgan gaplarini keltirishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.