Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg’izistonga Rossiya tomonidan muqaddam ajratilgan umumiy miqdori 500 million dollarga yaqin qarzdorligini tartibga keltirish bo’yicha Qirg’iziston bilan tuzilgan hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunga imzo chekdi, deya xabar qiladi ca-news axborot agentligi.
Novosti RAA ning xabar qilishicha, hujjat Qirg’izistonning Rossiya oldidagi qarzdorlik majburiyatlarining ikki tasnif bo’yicha bajarilish shartlarini qayta ko’rib chiqish va xizmat ko’rsatishni ko’zda tutadi. Qarzdorlikning bir qismi, ya’ni 188,9 mln. dollari to’la hajmda bitim kuchga kirgan daqiqadan boshlab bir vaqtning o’zida hisobdan chiqariladi.
Shu bilan birga mavjud qarz qoldig’iga nisbatan foizlar belgilash va to’lash amalga oshirilmaydi. 300 mln. dollar bo’lgan kkkinchi qarzdorlik esa 2012 yilning 16 martidan boshlab 10 yil mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi.
Ta’kidlanishicha, qarzning qolgan qismi qirg’iz tomonidan 2016 yilning 15 martiga qadar to’lanadi. Bundan keyin qoldiqqa nisbatan foizlar belgilanmaydi va to’lanmaydi. 2012 yilning 1 oktyabriga qadar ushbu majburiyatlar bo’yicha qirg’iz tomonidan Rossiya foydasiga to’langan mablag’lar miqdori 55,1 mln. dollarni tashkil etgan.