Qozoqstonda Bojxona Ittifoqidan chiqishlik haqida imzo yig’ish boshlandi.

425
0

Qozoqston muxolifati mamlakatning Bojxona Ittifoqi hamda Yagona iqtisodiy Hudud tarkiblaridan chiqib ketishligi, tabiiy zaxiralarning xalqqa qaytarilishi, barcha darajadagi hokimlarni to’g’ridan-to’g’ri saylovlar asosida tayin qilish va atom elktrostantsiyasi hamda yadroviy yoqilg’i Banki qurulishlarini man qilish haqidagi talablarga imzolar yig’ish boshlangani haqida bayon qiladi. Bu haqda chorshanba kuni Olma-Otada bo’lib o’tgan matbuot anjumanida referendumning tashkiliy qo’mitasi vakillari ma’lum qilishdi.

Referendum mamlakat uchun xayot-mamot masalasi bo’lgan muammolarni ko’tarib chiqayotganligida tashkiliy qo’mita a’zolaridan biri, jamoiy faol Bo’lat Abilovning ishonchi komil.

“16 martda bo’lib o’tgan, mamlakat referendumini uyushtirish masalasiga bag’ishlangan yig’in qatnashchilariga Qozoqstonning ko’pgina hududlarida bosimlar qilingan, shu bois yig’in qatnashchilarining ba’zilari Olma-Otaga kela olishmadi. Harakatda davom etish maqsadida hamda hukumat xalq fikri bilan xisoblashsin uchun tashkiliy qo’mita butun Qozoqston bo’ylab imzo yig’ishni boshlashni qaror qildi. Biz Qozoqstonning har bir fuqarosi bu masalalar bo’yicha o’z fikrini aytishini xohlaymiz”,- ma’lum qiladi Bo’lat Abilov.

Tovar va xizmatlarga hamda turar-joy xo’jaligi tarifida narx-navoning oshishligini va ayollarning pensiyaga chiqish yoshining ko’tarilishligini tashkiliy qo’mita to’g’ridan-to’g’ri Qozoqstonning Bojxona Ittifoqiga qo’shilishligi bilan bog’laydi.

“Biz Bojxona Ittifoqidan chiqishlik hamda yadroviy yoqilg’i Banki qurulishini man qilish talablari ostiga millionlagan imzo ig’ishni xohlaymiz. Bizning harakat Qozqston bilangina cheklanib qolmaydi. Bizda Moskvaga borishlik, imzolarni Yevraziya komissiyasiga taqdim qilishlik va bu bilan

Qozoqston xalqining juda katta sonli qismi mamlakatning Bojxona Ittifoqidan chiqib ketishni xohlayotanini ko’rsatishlik fikri bor”, – dedi tashkiliy qo’mita a’zosi, siyosatshunos va iqtisodchi Muxtor Toyjon.

Matbuot anjumanida tashkiliy qo’mita a’zolari talablar varaqlariga birinchilardan bo’lib o’z imzolarini qo’ydilar va matbuot xodimlarini ulardan o’rnak olishga chaqirdilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.