Musta’min

385
0

Musta’min – omonlik so’rovchidir. U boshqa yurtga omonlik bilan kiradigan kishidir. M: Rossiya yoki Xitoydan O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston eki Tojikistonga savdo yoki turizm kabi maqsadlarda kiruvchi inson. U musulmon bo’ladimi yoki harbiymi, buning farqi yo’q. Masalan agar musulmon dorul harb(m:Xitoy)ga omonlik bilan kiradigan bo’lsa ulardagi biron narsaga tajovuz qilishi haromdir. Chunki musulmonlar o’z shartlarida turadilar, ya’ni ularga amal qiladilar. Masalan, agar musulmon odam ular(xitoyliklar)ning mol-mulklaridan biron narsani tortib olsa yoki yashirincha yoki o’g’irlab olib chiqsa unga ega bo’lishi harom mulk bo’ladi. U olgan narsasini ularga qaytaradi. Chunki tortib olingan narsa kimdan tortib olingan bo’lsa o’shanga qaytariladi. Shuningdek o’g’irlangan narsa ham. Ularning barchasi egasiga qaytariladi. U kofir bo’ladimi yoki musulmonmi, buning farqi yo’q. Musulmon kishining kufr yurtlariga omonlik bilan kirishi joiz bo’lganidek harbiyning musulmonlar yurtlariga omonlik bilan kirishi ham joizdir. Chunki Rosululloh(s.a.v) Makka fath etilgan kunda kofirlarga omonlik berib bunday dedilar: «Kim eshigini berkitib olsa u omondadir». Muslim rivoyati. Payg’ambarimiz(s.a.v) mushriklarning elchilariga omonlik berar edilar va omonlik berilgan kishiga xiyonat qilishni harom qildilar. Abu Saiddan shunday degani rivoyat qilingan: Rosululloh(s.a.v) dedilar: «har bir g’odir (ahdida turmaydigan) uchun qiyomat kuni bir bayroq bo’ladi. U uning qanchalik g’addorligiga qarab ko’tariladi. Ogoh bo’lingki, omma amiridan ko’ra katta g’addorlik qilgan g’odir bo’lmaydi». Muslim rivoyati.

Lekin musta’min harbiy musulmonlar yurtlarida bir yil turolmaydi. Chunki unga omonlik bir oyga yoki ikki oyga yoki ko’proqqa beriladi, lekin bir yildan ko’pga berilmaydi. Shuning uchun agar unga mutlaq omonlik berilib, muddat cheklanmagan bo’lsa ham bir yil o’tishi hisobga olinadi. Chunki unga Islom diyorida jizya to’lamay turishga bir yil ruxsat beriladi. Agar bu muddatdan oshiq turmoqchi bo’lsa u jizya to’lab yashashni yoki Islom diyoridan chiqib ketishni tanlashi kerak. Agar bir yildan keyin qolsa u jizya to’lashni qabul qildi deb hisoblanadi va uning hujjatiga zimmiylik muhri urilib u zimmiyga aylanadi va undan jizya undiriladi. Chunki Islom yurtida biron kofirning jizya to’lamay yashab qolishi joiz bo’lmaydi. Jizya yilda bir marta to’lanishi kerak. Demak agar kofir yurtimizda bir yildan ko’proq qoladigan bo’lsa u jizya to’lashi kerak va u majburan zimmiyga aylanadi. Agar yil oxirida yoki undan oldin diyorimizdan chiqib ketsa jizya to’lamaydi. Agar chiqib ketadigan bo’lsa oldingi omonligi bekor bo’ladi. Shuning uchun ikkinchi marta diyorimizga kiradigan bo’lsa yangi omonlik olishi kerak.

Xalifaning musta’minlarga – modomiki ular dorul Islomda turishar ekan – yordam berishi vojibdir. Ular ham aqli zimma hukmida bo’lishadi. Shuning uchun agar musta’min jazo beriladigan biron jinoyatni qilsa unga hamma jazo beriladi. Faqat xamr (mast qiluvchi ichimlik) hadi bundan mustasno, ular xuddi aqli zimma kabidir. Chunki dorul Islom shar’iy hukmlar ijro qilinadigan o’rindir. Shuning uchun dorul Islomdagi qar bir kishiga – u musulmonmi yoki zimmiymi yoki musta’minmi – shar’iy hukmlar ijro etiladi. Rosululloh(s.a.v) Najron ahli bo’lmish nasorolarga shunday maktub yubordilar: «Sizlardan kimki ribo bilan oldi-sotdi qilsa uning uchun zimma yo’q». Bu hadisni Ibn Abu Shayba «Musannaf»ida rivoyat qildi. Riboning haromligi Islom hukmlaridandir. Demak Rosululloh(s.a.v)ning ahli zimmaga ribo bilan oldi-sotdi qilmaslikni tatbiq etishlari ulardan hukmlarga amal qilishni talab qilishga dalildir. Musta’minga ham zimmiyga qilingan muomala qilinadi.

Musta’min o’z joni uchun omonlik olgan bo’lsa bu omonlik uning mollari uchun ham omonlik bo’ladi. Garchi ular uchun alohida omonlik olmagan bo’lsa ham. Shuning uchun uning joni qo’riqlanganidek mol-mulklari ham qo’riqlanadi. Musulmon odam musta’minning mast qiluvchi ichimligiga va to’ng’iziga talofat etkazgan bo’lsa, uning qiymatini to’laydi. Agar uni(ya’ni musta’minni) bilmasdan, yanglishib o’ldirib qo’ysa diya (xun) to’lashi vojib bo’ladi, qasddan o’ldirsa o’zi ham o’ldiriladi. Shuning uchun musta’minga aziyat etkazishdan tiyilish lozim. Musulmonni g’iybat qilish qanday harom bo’lsa, musta’minni g’iybat qilish ham shunday haromdir. Chunki unga ham zimmiyga muomala qilingandek muomala qilinadi. Musta’min dorul Islomda o’lsa, uning merosxo’rlari dorul harbda bo’lishsa uning mol-mulki muhofaza qilinadi va merosxo’rlari bu mol-mulkni musulmonlardan yoki zimmiylardan hujjat bilan olishadi. Chunki u omonlik berilgan moldir. Shuning uchun bu mol uning merosxo’rlariga topshiriladi.

Xulosa shuki, kimki musulmonlardan omonlik so’rasa musulmonlarning unga omonlik berishlari joizdir. Bunga dalil Alloh Taoloning ushbu qavlidir:

 

«(EyMuqammad), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so’rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So’ng uni o’zi uchun tinch bo’lgan joyga etkazib o’ying» [Tavba 6].

Chunki omonlik zimma(himoya) va ahd berishdir. Rosululloh(s.a.v) shunday dedilar: «Musulmonlarning qonlari o’zaro tengdir. Ular o’zlaridan boshqalarga qarshi bitta qo’ldirlar. Ulardan eng quyi darajadagisi bergan omonlik ham nufuzlidir». Lekin bu omonlik ularning Islom hukmlariga bo’ysunishlariga va agar jizya to’lashlari lozim bo’lsa jizya berishlariga bog’liqdir.

Bunga dalil Alloq Taoloning ushbu qavlidir:

 

«… to ular xorlangan (mag’lub)hollarida o’z qo’llari bilan jizya to’lamagunlaricha…» [Tavba 29].

Ya’ni ular faqat jizya berishsagina va Islom hukmlariga bo’ysunishsagina ularga qarshi jang qilish hukmi ko’tariladi va ularga jangdan omonlik beriladi. Aks holda omonlik berilmaydi. Demak ularning dorul Islomda yashashlari chog’ida Islom hukmiga bo’ysunishni qabul qilishlari ularga omonlik berilishi uchun kifoyadir. Agar ular yurtimizda jizya to’lashlari kerak bo’lgan bir yil muddat turib qolishadigan bo’lsa ulardan chiqib ketish talab qilinadi. Chiqib ketishmasa ularga jizya solig’i solinib, zimmiylar deb qisoblanishadi.

“islomiy shaxsiya” kitobidan (2-juz).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.