Qozog’istonning AQShdagi yangi elchisi Kayrat Umarov yaqinda Vashingtonda AQSh va Qozog’iston o’rtasidagi aloqalar istiqboli xamda mintaqa davlatlari o’rtasidagi munosabatlar xaqida gapirdi, deya xabar qiladi Amerikaovozi.
Qozog’iston Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan o’lka. Maydoni butun G’arbiy Yevropa xududiga teng mamlakatda jaxon jami tabiiy boyliklarining uch foizi joylashgan. Neft zaxiralari xajmi bo’yicha esa dunyoda 9-o’rinda.
Qozog’iston qo’shnilarga yordam berish bo’yicha amaliy qadamlarni allaqachon boshlagan. “Biz Afg’onistonga xam yordam ko’rsatyapmiz. Ular bilan 50 million dollarlik ta’lim shartnomasi tuzganmiz. Bu loyixa asosida 1000 afg’on talabasi Qozog’istonning eng zo’r universitetlarida turli soxalar bo’yicha tahsil oladi. Maqsad Afg’onistonning o’zini qayta tiklashida, professional kadrlari sonini oshirishda yordamlashish. Bu davlatga nafaqat xarbiy, balki ana shunday ijtimoiy yordam dasturlari xam berilishi kerak”, – deydi Qozog’istonning AQShdagi vakili.
AQSh va Qozog’iston aloqalari istiqboli xaqida gapirgan Kayrat Umarov Vashingtonni bundan buyon xam Markaziy Osiyoda faol bo’lishga chaqiradi.
“Nazarimda, Vashingtonning mintaqa davlatlari bilan faol aloqani saqlab qolishi juda muxim. Afg’oniston o’zini qayta qurishiga yordamlashish xaqida gapirganda, bunga erishish uchun qo’shnilar bilan yaqin aloqaga ega bo’lish muximligini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Afg’oniston qo’shni o’lkalar ishtirokisiz xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarini rivojlantira olmaydi. Shuning uchun AQSh Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash masalasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin xamkorlik qilishi kerak”, – deydi u.
Turkiston:
Qozog’iston Markaziy Osiyoda liderlikka intilgan ikki davlatning biri ekanligidan, AQShning O’zbekistonga ko’rsatayotgan xarbiy va siyosiy yordamlari uni tashvishlantirmay qo’ymaydi.
Lekin Qozog’istonning strotegik joylashgan o’rni, uni Rossiyaga chambarchas bog’lanishga majburlaganidan, u Rossiyaning manfaatlari bilan xisoblashishga majbur.
Shuning uchun AQSh O’zbekistonni Markaziy Osiyoda lider qilish uchun tanladi.
Yuqoridagi Qozoq rasmiysining bayonoti esa, o’sha AQShning yangi qo’lbola etakchi davlati bilan o’rtalarida kutiladigan konfliktli vaziyatlarni xecham xoxlamasligini, shuning bilan birga o’z davlatidan xam AQShni mumkin qadar ko’proq foydalanishga chaqirdi.