14 may kuni Qirg’iziston ulamolari Kengashi o’zining yig’inida Islomga da’vat ishlarini faollashtirish maqsadida Qirg’iziston musulmonlari Diniy boshqarmasining da’vat ishlari bo’yicha bo’limiga markaz maqomini berdi va mamlakatda da’vat ishlari zamon hamda mahalliy mentalitet talablariga muvofiq olib borilishini talab qilgan hujjatni tasdiqladi.
Qirg’iziston musulmonlari Diniy boshqarmasining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ulamolar Kengashining yig’inida, undan tashqari, islomiy iqtisodiyot va halolni rivojlantirish bo’yicha yangi Qo’mitaning hamda yoshlar bo’limining taqdimotlari bo’lib o’tdi. “Bu yangi yo’nalishlar haqida keyinroq batafsil ma’lum qilamiz”, – deyishdi muftiyotdagilar.
Ulamolar yig’ini nihoyasida yangi markaziy masjit qurilishi joyi ziyorat qilindi.