Rossiya prezidenti Vladimr Putin Rossiya Afg’onistondan kelib chiqayotgan tahdidlarga duch kelishini, chunki bu o’lkadagi terroristik guruhlar o’z faoliyatini qo’shni mamlakatlarga ham yoyishga harakat qilishini e’lon qildi.
“Biz yaqinda u erdagi (Afg’onistondagi) vaziyatlarning kesuinlashuviga duch kelishimizni faraz qilishimizga qonuniy asos bor, chunki terroristik va ekstrimistik guruhlarning tashlagan qadamidan ko’rinib turiptiki, ular beqarorlikni xorijiy davlatlarga tarqatishga va buzg’unchi faoliyatini qo’shni mamlakatlarga hamda Rossiyaga yoyishga harakat qiladi”, dedi Putin bugun milliy xavsizlik kengashi majlisida.
Prezident Putin hodisilarning o’zgarishi narkotik modda savdosining o’sishi, jinoyatlar keng tus olib, qochqinlar oqimining ortishi va fundamentalist oqimlarning kuchayishi kabi vahimali oqibatlarga olib kelishiga ishora qildi.
“Shu munosabatga ko’ra, bizda turli ko’rinishlarni nazorat qilish uchun ravshan strotegiya bo’lmog’i lozim”, deya qo’shimcha qildi u.