Voshington post gazetasi Obama idorasidagi yuqori lavozimli mas’ullarga tayanib yozishicha, Barak Obama Suriya muholifatiga halokatli qurol-aslaha etkazib berishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Shu paytgacha Oq Uy “isyonchilarni qurollantirish mojaroni yanada avj oldirishi mumkin”, degan fikrni bildirib bunga qarshilik qilib kelayotgan edi. Endi esa AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifatiga qurol etkazish masalasini ko’rib chiqayotgani va milliy xavfsizlik bo’yicha yordamchilari bilan Suriya isyonchilariga yordam berish yo’llarini muhokama qilgani aytilmoqda.
“Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani haqida dalillar mavjud, ammo uni qaysi tomon va qanday qilib ishga solganligi noma’lumligicha qolmoqda”, dedi AQSh prezidenti Barak Obama. Shuningdek, Obama o’tgan yildan buyon AQSh qo’shidan Suriyaga kirish borasida tayyor turishni talab qilib kelayotganini ochiqladi va bu borada shoshilinch qaror olish oqibatlaridan ogohlantirdi.
Mas’ullarning aytishicha, Obama bu borada telefon orqali va tashqi ishlar vaziri Jon Kerrini oskvaga yuborish bilan Rossiya prezidenti Vladimr Putinni tinchlantirish uchun bor kuchini sarflamoqda.
Reyters ahborot agentligining habar qilishicha, aksar amerikaliklar Suriya masalasiga Amerikaning aralashuviga qarshi. Internet orqali o’tkazilgan so’rovlar natijasidan ma’lum bo’lishicha faqat 10% amerikalik Suriyadagi janga kirish lozim degan fikrni bildirishgan. 36% amerikalik Suriyadagi hodisalar haqida eshitmaganligini bildirishgan.
Shu paytgacha Qo’shma Shtatlar asosan, noharbiy sohada yordam ko’rsatayotganini aytib kelgan. Milliy Xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Kaytlin Heydenga ko’ra, muammoga siyosiy echim topish chorasi hanuz nazardan qochirilgani yo’q.