Boshingga ming turli tashvish tushsa ham,
Millatingni otib, qirib bitsa ham,
Andijon arig’ingda gar oqsa-da qon,
Nega hamon jimsan, ey, ahli Turon?
Dindoringni qamab, ahli bo’zlasa,
Raisu-hokimlar noxaq so’zlasa,
Sud, adliya, qozi foyda ko’zlasa,
Nega indamaysan ahli Namangon?
Ayolingni bichib xaqqin toptasa,
Qizing ro’mol uchun maktab tashlasa,
O’g’lingni namozchun 10yil qamasa,
Nega beparvosan, ey, O’zbekiston!
O’zing ro’zg’or uchun ketsang uzoqqa,
Ahli -oilangni qo’yib tuzoqqa,
Bechoralar kuni qolib buzoqqa,
Qaytib kelsang, tutilasan so’roqqa.
Ko’zingni och xalqim bo’lmay talamon,
Dilbuzaring so’zlar doimo yolg’on,
Dindor-olimingga qilishar bo’hton,
Aqlingni yig’ xalqim, ey ahli Turon!
Qo’shni davlatingda xalqi g’alayon,
G’alamislar solmish fitna-yu, bo’xton,
Dushmanlar davlatni parchalar har yon,
Nega birlashmaysan, ahli Turkiston?
Mushkulmas birlashmoq, dinlashmoq ,
Gar bo’lsa-da, atrofda josuslar-quloq,
Chora izlab bo’lsang-da tongacha uyg’oq,
Namoz o’qimaysan, ey ahli iymon?!
Xalqim, dehqonim, qo’lingda ketmon
“Ok oltin”dan har yil uyasan xirmon
“Oltin qo’llar”ingda qoldi burda non
Nega buncha g’o’rsan, xalqi-olomon!
Qori -olimlaring ketsa-da yiroq,
Xayrullo Hamidov tushsa-da qamoq,
Musulmon ummatin olsa-da qiynoq
Hamon uyqudasan, xalqi-qatag’on?!
Tur, uyg’on, ol tahorat shu on
Tahajjud namozin o’qigil obdon
Duo aylashingga berildi imkon
O’zing anglamoqqa keldi-ku zamon
Bugun yashashdan o’lishing oson
O’lsang-da, qolsang-da bo’l chin inson!…
…Nega yig’lamaysan, ey ahli islom?!