Nikolay Bodyujani Qirg’izistonga kelishidan maqsadi

409
0

12 mart kuni rasmiy tashrif bilan Qirg’izistonga kelgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bosh kotibi Nikolay Bodyujani Qirg’izistonga kelishidan maqsadi asosan uchta;

Birinchidan: mart oyining o’rtalariga kelib Qirg’izistonda Amerikaparastlar tomonidan bo’lishi kutilayotgan norozilik namoishlari, hatto hokimiyatni qulatishga etib borishi bilan tahdid qilinayotgan notinchliklarga nisbatan o’z pozitsiyasini belgilashda ikkkilanayotgan Almazbek Atambaevga yordam berishni maqsad qilgan. So’zimizga Nikolay Bordyuja Qirg’iziston ichki ishlar ministeri Abdilda Suranchiev bilan ham uchrashganligi va u bilan uchrashuvda KXShT a’zo-davlatlari ichki ishlar vazirliklarinig kelajakdagi o’zaro hamkorligi masalalari, shuningdek xavfsizlikni ta’minlashga bog’liq boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinganligi ishora qilib turibdi. O’tgan yilning sentyabr oyida Putinning Qirg’izistonga tashrifi chog’ida imzolangan kelishuv, hamda Rossiya hukumati dushanba(25.02.2013) kuni Qirg’iziston hududida Rossiyaning birlashgan harbiy bazasini o’rnatilishlik haqidagi Rossiya va Qirg’iziston o’rtasidagi kelishuvni va mudofaa sohasida ikki mamlakatning hamkorligi haqidagi dalolatnomani ma’qullagani bu ishlarga zamin xozirlangan.

Ikkkinchidan: shu yilning may oyida Qirg’iziston raisligi ostida o’tishligi rejalashtirilgan tashkilot(KXShT) sammitida qanday masalalarni ko’tarish va qanday qarorlarni ilgari surish to’g’risidagi aniq ko’rsatmalarni taqdim qilish. Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mamlakat rahbarini KXShT kotibiyati tomonidan KXShTga a’zo davlatlar rahbarlararo kelishilgan ko’rsatmalarni tatbiq qilish rejasi ishlab chiqilganligi haqida xabardor qildi. Nikolay Bordyuja taqdim qilgan rejani Prezident Almazbek Atambaev, KXShTning kollektiv xavfsizlik Kengashi raisi sifatida tasdiqladi. Ya’ni ot ustida prezident A.Atanbaev bo’lsada, boshqaruv tizgini aslida Rossiya vakili Nikolay Bordyuja qo’lidaligini ko’rsatib turibdi.

Uchunchidan: Rossiya va kufr uchun asosiy xavf bo’lgan Islomni rivojlanishiga g’ov bo’lish va uning hayotga qaytishini kechga surish maqsadidagi chora-tadbirlarni, hamda Islomdan chalg’itish maqsadida ommaviy axborot vositalarini, ta’lim pragrammalarini, xalq ichidagi nufuzli insonlarni, jumladan imom-domlalarni shu maqsadda qanday foydalanish bo’yicha kelishib olish. Nikolay Bordyuja Almazbek Atambaevni 26 mart kuniga belgilangan «Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari va KXShT» mavzuyiga bag’ishlangan tevarak-stol o’tkazilishi haqida ham xabardor qilganligi Rossiya va uning malaylarini qanday havf kutayotgani va undan qutilish rejalari ishlab chiqilib, mahsus uchrashuv o’tkazilishidan darak beryapdi.

MDH davlatlarining 15may 1992yildagi kollektiv xavfsizlik shartnomasi asosida tashtil topgan KXShTga hozirda Armeniya, Belarus, Qozog’izton, Qirg’iziston, Tojikiston va Rossiya a’zo bo’lib, uni Rossiya boshqaradi. O’zbekiston 1999 yili KXShTga a’zolikdan chiqqan edi. 2005 yilgi “Andijon voqeasi”dan keyin O’zbekistonga Yevropa tomonidan bosim kuchayishi natijasida yana 2006 yil bu tashkilotga a’zoligini tikkalagan. Lekin o’tgan yili AQSh bilan aloqalarini kuchaytirgandan keyin dekabrda yana undan chiqib ketdi. Bu tashkilotni kofir Rossiya boshqarganidan unga qo’shilish o’z xalqiga xiyonat, chunki 2005yildan avval A.Aqaev, 2010yildan avvalroq Q.Bakiev AQSh tomon ketayotganini bilgan Rossiya hokimiyat to’ntarilishi bo’lish uchun sharoit tayorladi, natijada hokimiyat bir malaydan ikkinchi bir malayga o’tdi. Iyun’ga kelib millatchilik nizosini qo’zg’adi va qanchadan-qancha begunohlarning qonlari to’kildi. Bu ishlarga kufrni yurtlarimizda bemalol kezib yurib, xohlagan ishlarini qilishliklariga imkoniyat tug’dirib berayotgan hoyinlarning bitimi sabab bo’lyapdi. Bunday bitimlar shar’an xaromdir.

Alloh Taolo aytadi:

 

-“Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay”. [4:141]

Ey, musulmonlar! Faqat foyda uchun xarakatga kelib, o’ziga kelayotgan ziyondan qutilish uchun har qanday razilliklarga; o’z yurtiga kufrni hukumronlik kilishiga ham, o’z xalqining farzandlarining pokiza qonlari to’kilishiga ham, ayollar, farzandlar va oilalar buzilib ketishiga ham, o’z xalqini dunyodagi ahvoliga ham ahamiyat bermaydigan, maqsadiga erishguncha “xalq, xalq, xalq” deb, ishi bitgandan keyin qaerda foyda bo’lsa o’shanga intiladigan malaylarga qachongacha ishonasizlar?! Biri ketib ikkinchisi kelyapdi, nima o’zgardi?! O’ziga yuklatilgan mas’uliyatni xis qilmaydigan, uni ado qilishni bilmaydigan, bilganlarga quloq solish o’rniga dushmanlarni pinjiga kirib, o’z xalqiga xoinlik qiladigan malaylarga qancha aldanasizlar?! Ahir, Mehribon va Rahimdil Parvardidigorimiz Alloh Taolo bizga nemat qilib bergan “Qur’on” va har bir ishda to’g’ri yo’limizni osongina topib olishimiz uchun “namuna” qilib bergan hadislarni mahkam ushlash vaqti kelmadimi?

Alloh Taolo aytadi:

 

-“Bugun endi kofir bo’lgan kimsalarning sizlarni diningizdan (chiqarishdan) umidlari uzildi. Bas, ulardan qo’rqmangiz, Mendan qo’rqingiz! Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to’kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim” [5:3]

 

-“(Ey mo’minlar), sizlar uchun — Alloh va oxirat kunidan umidvor bo’lgan hamda Allohni ko’p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg’ambarida go’zal namuna bordir.” [33:21]

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.