“Musulmon birodarlar” Suriyada nima ish ko’rsatmoqchi?

448
0

“Musulmon birodarlar” partiyasi suriyalik muxolifatchilar nazorat qilib turgan mamlakat hududlarida o’z vakolatxonalarini ochishmoqchi. Bu haqda partiya etakchisi Riyod al-Shakfa ma’lum qildi.

“Avvallari biz, inqilob vaqti keldi, fikrat vaqti emas, der edik. Ammo xozir Suriyada turli musulmonlar guruhlari mavjud va biz qayta tashkil qilish ishlari zarur ekanligini xis qilmoqdamiz”, – dedi Riyod al-Shakfa. Mazkur qaror suryaliklar tarafidan ma’qul topilmadi.

“Musulmon birodarlar” partiyasi Misr hukumatida etakchilik qilayotgan partiya. Mamlakat xalqi uning jamiyatni zulm bilan boshqarayotganligiga qarshi noroziliklar bilan chiqmoqda. Musulmonlar syosiy olami esa bu “birodarlarni” Misr inqilobini G’arbga sotganlikda ayblaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.