Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf besh yil horijda hayot kechirganidan so’ng parlament saylovlarida ishtirok etish uchun Pokistonga qaytdi.
Joriy oyda Pokiston parlamenti, federal va viloyat hukumatlarining besh yillik muddati tugadi. Yangi saylovlar 11-mayga belgilangan, ungacha boshqaruv muvaqqat hukumat qo’lida bo’ladi. Musharraf saylovlarda Butun Pokiston musulmon ligasi partiyasining rahbari sifatida qatnashadi
Tolibon guruhlari Musharrafning Pokistonga kirgani zahot qatl etishni iddao qilgan edi, ammo unday bo’lmadi. Biroq Tolibon videomurojaat tayyorlab, unda shu maqsadda maxsus guruh ajratilganini bildirgan.
1999 yili sobiq bosh vazir Navoz Sharifdan tinch yo’l bilan hukumatni qo’lga olgan Parvez Musharraf o’z prezidentligi davrida AQSh bilan aloqalarni kuchaytirib, Islomni yoqlovchi kuchlarga qarshi terror nomi bilan ayovsiz kurashgan prezidentdir.
U prezidentlik lavozimidan ketishidan keyin bir necha marotaba Pokistonga qaytishi borasida habar berdi, ammo notinch vaziyat va suyiqasdlardan qo’rqib, o’z mamlakatiga qaytmadi.
Parvez Musharraf horijdaligi paytda ham turli yo’llar bilan Pokistondagi vaziyatga ta’sir qilish ishlarini olg’a surdi. Mustaqil partiya tashkil qildi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi.
U 2007 yilda sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoga qarshi uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlikda ayblanganligi sababli horijda yashashga majbur edi, biroq unga ko’ra, sud uni hibsga olmaslik uchun tovon belgilagan, shu sabab sobiq prezident vataniga qaytishga qaror qilgan.
Turkiston:
Musharraf Amerikaga mutlaq malayligi sababli uning ishorasisiz bir qadam ham yurmaydi. Amerikalik xo’jayinlariga xizmat qilishda hech qanday kuchni ayamaydi. U xoin bo’lib, armiyaga qo’mondonlik qilgan birinchi kundan boshlab xiyonat yo’liga yurdi. 1989 yil Korg’ol tepaligida Pokiston armiyasi Kashmirni ozod qilishga oz qolganda va Dehli shahri Pokiston armiyasining yaqinida turgan vaqtda Pokiston armiyasini chaqirib olib kashmirlik musulmonlarni yordamsiz tashlab qo’ygan edi. Musharraf Iroqni bosib olish uchun Amerikaga imkoniyat yaratib bergan Eron va arab hokimlaridan iborat ruvaybizalar klubiga qo’shilib, unda terrorist nomini olganlarni tinimsiz ta’qib qilish uchun etmish ming pokistonlik askarni safarbar qilgani bilan faxrlangan edi.
Amerikaga malay va muxlis odamni Pokistonning siyosiy sahnasiga qaytishi mintaqada Amerika manfaatlariga xizmat qiladigan va uni himoya qila oladigan kuchli malaylarni Amerika topa olmayotganiga dalolat qiladi. Mana bu Islomiy Ummatga va Pokiston armiyasidagi quvvat egalaridan iborat muxlis kishilarga risolatdir. Chunki ikki qanotini olamga yozib turgan Amerika ko’rinishiga qaraganda ancha zaif.
Musharraf ham boshqa hokimlar kabi Allohning izni ila yaqinda tiklanajak xalifaning huzurida turib, o’zining qora qismatiga yo’liqish uchun qaytib kelyapti. Bu ish Allohga juda ham osondir.