Loran Fabius: Suriyada Asad o’rniga Islom kelib qolmasligi kerak.

422
0

Rossiya bilan Suriya milliy koalitsiyasi o’rtasida kutilayotgan muzokaralar qo’llab-quvvatlovga loyiqdir. Bunday nuqtai nazarni Frantsiya tashqi ishlar ministri Loran Fabius BFM-TV telekanali orqali ma’lum qildi.

“Xozir Rossiya bilan milliy koalitsiya o’rtasida muzokaralarga keng yo’l ochib berishlik imkoniyati paydo bo’lib qoldi. Bu shunday yo’ldirki, uni qo’llab-quvvatlashlik kerak. Aks hoda, Suriyaning parchalanishligi mumkin. Bu esa nafaqat Suriyaning o’zi uchun, hatto Iordaniya, Iroq, Turkiya va Isroil uchun ham fojeaviy natijalar keltiradi”, – dedi ministr.

Shu o’rinda, Fabius, muzokaralarga yo’l ochiqligini bayon qilgan milliy koalitsiya etakchisi Ahmad Muoz al-Xotibning jasoratini albatta takidlab o’tishni lozim topdi. “Muoz, Suriyada hukumat almashishligi ro’y berishi kerak, biroq shu bilan bir qatorda Suriyaning har hil diniy jamoatchiliklari manfaatlari rioya qilinishligi lozim, demoqda”, -qo’shib qo’ydi diplomat.

Bir vaqtning o’zida tashqi ishlar idorasi etakchisi Parij uchun Bashar Asad taqdiri bir ma’noli echim topganligini yana bir marta takidlab o’tdi. “Xar kuni Suriyada yuzlab odamlar o’ldirilmoqda va Bashar Asad istefosining xar galgi kechiktirilishi tartibsizliklarning va terrorchilikning kuchayib ketish xavfini oshirmoqda. Basharning qotil ekanligi yaqol ko’rinib turibdi va u qanchalik tez ketsa shunchalik yaxshi bo’ladi. Biroq, Asadning o’rniga ekstremistlik, terrorchilik, «Al-Qoida» kelishligi mumkin emas. Shu sababli biz milliy koalitsiyani qo’llab-quvvatlashga qaror qildik”, – dedi Fabius.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.