Afg’onistonda modalar shousi

310
0

Yil sayin burqani afzal bilayotgan xotin-qizlar soni ortib borayotgan va jamiyati hanuz o’ta an’anador bo’lgan Afg’onistonda noyob voqe’lik sanaluvchi modalar shousi poytaxt Kobuldagi restoranlarning birida uyushtirilgan. Afg’on modellari restoranga yig’ilgan erkagu ayol tomoshabinlar qarshisida mahalliy dizaynerlarning liboslarini namoyish etishgan. Modalar shousi kichikkina miqyosda o’tgan bo’lsa ham, hanuz Tolibon faol va urushlar girdobida bo’lgan Afg’oniston uchun katta hodisa sanaladi.

“Vaziyat kun sayin yomonlashib bormoqda. Lekin biz ortga chekinmasligimiz lozim. Doimo oldinga harakat qilishimiz kerak. Agar ayollar tashabbusni qo’lga olib, bu kabi g’oyalar bilan chiqishsa, menimcha, oliymaqom ish qilgan bo’lishadi”, deydi liboslari juma kungi shouda namoyish etilgan dizayner Sahar Bonu Zirak.

Ammo Tolibon tuzumi qulashidan 10 yil o’tib ham, xotin-qizlarning barchaning ko’z o’ngida modellik qilishlari afg’on jamiyatida xushlanmaydi.

“Assoshiayted Press” axborot agentligi xabarlariga qaralsa, an’anaviy liboslar bilan bir qatorda engi kalta ko’ylaklar, jinsi shimlar, kalta yubkalar va tunikalarni ham namoyish etishgan.

Xabarlarga ko’ra, ayrimlari hijobsiz yoki kalta yubkalarda sahnaga chiqqan modellarni himoya etish uchun tashkilotchilar mahalliy ommaviy-axborot vositalarining juma kungi shouni tasvirga olishlariga izn berishmagan.

“Bu – mukammal va professional darajada uyushtirilgan shou bo’lmasligi mumkin. Ammo hali boshlanishi”, deydi 26 yoshli dizayner Salma Gul.

Bu kabi shouni uyushtirishdan ikki maqsadni ko’zlashgan:

Biri – o’z tashkilotlari faoliyati uchun biroz pul ishlab olish bo’lsa, ikkinchisi – asta-sekinlik bilan afg’on xotin-qizlariga nisbatan jamiyatdagi munosabatni o’zgartirish.

“Yosh xotin-qizlar o’zgarishlar uchun” tashkiloti voiziga ko’ra, asosan o’z a’zolari va do’stlariga sotilgan chiptalar orqasidan 1.000 AQSh dollaridan ko’proq foyda ko’rishgan.
Turkiston:
Musulmonlar shuni unutmasinlarki, musulmon xalqlar orasida o’tkazilayotgan “modalar ko’rgazmasi”, “go’zallik ko’rik tanlovi” kabi tadbirlar kofirlarning Islomga va uning ahliga qarshi jinoyatkorona qilayotgan doimiy harakat va uzluksiz hujumlarining bir qismidir. G’arb bu hujumlarni chuqur o’ylab, hamma tomonlarini hisobga olib, amalga oshirmoqda. Gap faqat bir parcha mato ustidagina borayotgani yo’q. Bu hujumlarning yashirin maqsadi musulmon ayolni G’arb tushunchasidagi ozodlikni qabul qilishga undashdir. Toki u xohlagan kiyimini kiyib, Islom belgilab bergan shar’iy liboslardan voz kechsin.

Ammo u o’z g’arazini yashirin ravishda “ayol ozodligi” yoki yuqorida kelganidek, “asta-sekinlik bilan afg’on xotin-qizlariga nisbatan jamiyatdagi munosabatni o’zgartirish” kabi soxta shiorlar ostida amalga oshiradi.

Ayni paytda bunday g’arbcha qarash erkagu ayolni shaxsiy erkinlik nomi ostida shahvatlar ortidan quvadigan, ko’ngil ko’chasiga mukkasidan ketadigan iztirobli hayotga olib borib qo’yadi. Modalar, behayo sanoatlardan kelib tushadigan dollar childirmasiga o’ynaydigan, qilib qo’yadi. Bu hurriyat erkagu ayolga fisqu fujur, zino, behayoliklar qilishga imkoniyat yaratib beradi. U insonni insonlik maqomidan hayvonlik maqomiga, balki undan-da quyiroqqa tushirib yuboradi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.