Karimovning kasalligi, uning sog’ligida qochib ketgan kalxatlarni qiziqtirib qoldi.

426
0

O’zbekiston milliy demokratik muxolifoti, Karimovning kasalligi xaqida xabar tarqalganidan buyon, yana faollasha boshladi. Ularning bazi bir bayonotlari, O’zbekistonni Karimovdan kegingi kuchlardan xam rashq qilayotgandek tuyuladi. Balki ular O’zbekistonni emas, oxirgi paytlarda ulardan ko’ra Karimovni xush ko’rib borayotgan xojalari bo’lmish G’arb kufr etakchilarini rashq qilishayotgandir.

Bu Maqsud Bekjonning “ demokratiya yashash tarzi emas, balki, yashash tarzini tanlash uchun berilgan xuquq” maqolasidan sezildi.

Balki bu shu odamning shaxsiy ko’zqarashidir, lekin u ko’targan mavzu’, axolining ziyoli va siyosiy qatlamini chalg’ita olmaydi. Balki aksincha, bu insonning siyosiy ongliligi xaqida shubxalar paydo qiladi.

Demokratiya o’zicha bir mabda’ (sistema), undan xozir dunyoni boshqarib turgan tuzim kelib chiqqan. Tuzm esa, mafkura va uni xayotda mavjudligini saqlab turgan qonunlardan tashkil topgan. Ana shu ikki asos insonlarning yashash tarzini belgilaydi.

Men bu kabi insonlar bilan baxslashmoqchi emasman, ularni xatto bu mavzuni cho’qur tushuna olishida xam shubxam bor. Lekin muammo, ular ko’tarayotgan fikrlar xali Karimovning janazasi o’qilmay turib, xalqni kufr manfaatlari tomon chalg’itishga qaratilayotganida.

Maqsadlari esa, xalqning manfaatlari emas. Balki, tog’ut Karimovning rejimi qimirlagudek bo’lsa, G’arb etakchilariga o’z rejimlarining yangi loixalarini tavsiya qilishga qaratilgan.

Ular shu tariqa ish olib borishga majburlar. Bularning xarakatlari xuddi Qatarda turib Suriya xokimiyatiga intilayotgan koalitsiyalik yasama muxolifotiga o’xshaydi. Bular xam xalq tomonidan xech qanday qo’llovga olingulik jo’yalik biror bir ish yasaganlari yo’q. Bulgani G’arbga boqumanda bo’lib, ularni ranjitib qo’ymaslik xaqqida fikirlashdan nariga xali xam o’tolayabdilar.

Shuning uchun, e’tibor berib qalsa, ularning xarakatlari faqat G’arb manfaatlariga qaratiladi.

G’arb esa, bu kabilardan qanday foydalanishi mumkinligini, Yaqin Sharqda bo’lib o’tayotgan qo’zg’alonlarda ko’rib turibmiz.

Aslida musulmonlar uchun tog’utlarning o’zgarishi yoki butunlay almashishi, xech qanday manfaat keltirmaydi. Balki Misrda ro’y berayotganidek, xech narsa deyarli o’zgarmaydi. Muammo biror bir rejimning o’zida emas, balki shu rejim o’ziga qolqon qilib kelayotgan dunyo sistemasida.

Shuning uchun, mustaqillik kurashi, biror bir rejimning o’ziga qaratilishida natija bermaydi. Balki bu kurash, shu kabi rejimlarning onasi bo’lgan, ularni paydo qilib o’z manfaatlariga yo’naltirayotgan va xanuz ichki ishlarimizga xuddi o’z uyidagidek aralashib kelayotgan xalqaro sistemaga qarshi qaratilishi lozim. Ulardan najot tilash asosiga emas.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.