JUM’A KUNI QANDAY KUN

2038
0

Ba’zi joylarda jum’a kunni dam olish kuni qilish kerak degan mavzuda bahs-munozaralar bo’lyapdi. Alloh Subhonahu va Taolo musulmonlarga biron narsani Islom shariatidan boshqa yo’llardan olishni man qilib, aytdi:

 

– „Yo’q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmov-chiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha zinhor mo’min bo’lmaydilar”. [4:65]

Juma kuni “iyd” kuni deb Rosululloh(s.a.v) xabar berganlar:

 

-“Albatta jum’a kuni iyd kunidir, bas iyd kuninglarni ro’za kuninglar qilmanglar. Magar undan avval yoki keyin ro’za tutishinglar bilan (U kuni ham ro’za tutishinglar joiz)”

 

-“Albatta bu, Alloh musulmonlar uchun belgilab qo’ygan iyd kunidir, bas kimki jum’aga kelsa g’usl qilsin, agar xushbo’y narsasi bo’lsa undan surtsin va misvakni lozim tutinglar”. Ibni Mojjah rivoyati. Jum’a vaqtida boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lish shar’an harom.

Alloh Taolo aytadi:

 

-“Ey mo’minlar, qachon Jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo’lsangizlar, mana shu (ya’ni Allohning zikriga — Jum’a namozini o’qishga shoshilish) o’zlaringiz uchun yaxshiroqdir”. [62:9]

Demak, jum’a namozini o’qish uchun har qanday ishni tashlab, namozga nafaqat ishsizlar, pentsionerlar, balki hamma erkaklar; ya’ni organ hodimlari, vrachlar, ishchilar, o’quvchi-yu, o’qituvchilar, studentlar, hatto hokimlar ham shoshilish kerak. Ishni yoki o’qishni uzr qilish mumkin emas.

Nabiy (s.a.v) dedilar:

 

«Xoliqqa osiy bo’linadigan o’rinda maxluqqa itoat qilinmaydi». Ahmad rivoyati. Nofe’ Abdulloh(r.a)dan, u Nabiy(s.a.v)dan shunday deganini rivoyat qildi:

 

«Musulmon kishi, modomiki biron gunohga buyurilmas ekan, yoqtirgan va yoqtirmagan narsasida quloq solib, itoat qilishi vojib. Endi agar biron gunohga buyurilsa quloq solib, itoat qilmaydi». Buxoriy rivoyati.

Ish vaqtini to’g’rilash esa, “biz xalqni talablarini bajaryapmiz, bizda e’tiqod erkinligi bor” deb da’vo qiluvchilarning ishi. Ya’ni 80%dan ortiq aholisi musulmon bo’lgan yurtning vakilligini ro’kach qilayotganlarning ishidir. Biz u kunni dam olish kuni qilishini talab qilmaymiz, chunki Alloh Taolo u kunni dam olish qilmadi, balki jum’a namozidan keyin ishlash mubohligi bayon qildi:

 

Endi qachon namoz ado qilingach, er yuziga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro’z) istayveringlar. Allohni ko’p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar. [62:10]

Rosululloh(s.a.v) bunday dedilar:

 

«Kim bizning ushbu (shar’iy) ishimizda yangilik yaratsa, bu amali mardud(qaytarilgan)dir». Buxoriy rivoyati. Xatto shar’an dam olish kuni bo’lganda ham, biz kufrga rozi bo’lib, ba’zi bir joylarini o’zgartirib berishni talab qilishimiz ham joiz emas.

Alloh Taolo aytadi:

 

– „Payg’ambarning amriga xilof ish qiladigan kimsalar, o’zlariga biron fitna etib qolishidan yoki alamli azob etib qolishidan ehtiyot bo’lsinlar”. [24:63]

 

– „Ular tog’utga-shaytonga hukm so’rab borishni istaydilar. holbuki, ularga unga kofir bo’lish buyurilgan edi”. [4:60]

Bu nususlar Rasululloh (Sallallohu alayhi va olihi va sallam) keltirgan barcha narsalarga cheklanish vojibligini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi. Demak, biz faqat Alloh Taolo halol qilgan narsani halol va Alloh Taolo harom qilgan narsani harom deymiz. Rasululloh (Sallallohu alayhi va olihi va sallam) olib kelmagan narsani olmaymiz va harom qilmagan narsani harom qila olmaymiz.

Muttaqiy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.