Afg’onistonda xavfsizlikni ta’minlash xalqaro kuchlari (ISAF) mamlakat prezidenti Homid Qarzayning bergan bayonotlari tufayli payshanba kundan boshlab kuchaytirilgan jangovor holatiga o’tgan.
Qarzay oxirgi bir necha kun moboynida ikki marotaba Afg’onistondagi NATO hamda AQSh kuchlarini, 2014 yildan keyin ham Afg’onistonda qolishligi zarurligini isbotlash maqsadida, toliblar bilan til biriktirganlikda ayblagan. U, xususan, toliblar va amerikaliklar qo’shma harakatlari bilan afg’on xalqini tahlikaga solmoqda va terroristik xavfning o’sib borayotgani tufayli 2014 yildan keyin ham horijiy harbiy kontingentning mamlakatda mavjud bo’lib turishligi zarurligiga ishondirmoqchi bo’lmoqda, deb bayonot bergan.
Qarzayning bayonotlariga javoban Afg’onistondagi NATO va ISAF qo’shinlari qo’mondoni Djozef Danford kontingentning harbiy qism va bo’linmalar komandirlariga, Qarzayning do’stona emas bayonotlariga bog’liq, o’z qo’shinlarini kuchaytirilgan jangovor holatga keltirib qo’yishliklarini buyurdi.
Biroq, BBC, CNN va boshqa axborot vositalarining bergan ma’lumotlariga ko’ra, shu kunning o’zida, Afg’oniston va NATOning o’zaro hamkorligi doirasida amalga oshirilgan NATO xavo hujumidan Shingal rayonida (Qunar viloyati) 10 kishi qurbon bo’lgan. Qurbon bo’lganlarning barchasi tinch aholidan va ulardan to’rttasi ayollar, beshtasi yosh bolalar.
O’tgan yilning oktyabr oyida AQShning Laxor viloyatidagi tinch aholi yashovchi mahallaga uyushtirgan raketa hujumi natijasida kamida to’rtta yosh bola qurbon bo’lgan edi. AQSh kuchlarining Gilmand viloyatidagi xavo zarbasi uch yosh bolani qurbon qilgan.
O’tgan yilning dekabr oyida AQSh harbiy xavo kuchlari ommalashtirgan ma’lumotlarga ko’ra, 2012 yili AQSh Afg’onistonda 11 yillik bosqinchiligi davridagi har bir yildagidan ko’ra ko’p marta – (son-sanoqsiz ayol va yosh bolalarni qurbon qilgan) 447 xavo zarbasini amalga oshirgan.
Yosh bolalar huquqlari bo’yicha BMT Qo’mitasining yaqinda bergan xisoboti, 2008 va 2012 yillar orasida, “kuchlarni tartibsiz” qo’llashlik oqibatida “Afg’onistondagi AQSh harbiy kuchlarining erdan va xavodan qilgan hujumlari natijasi sifatida” yuzlagan yosh bolalarning o’ldirilishligi haqida ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydi.
NATO va AQSh Afg’oniston hamda boshqa islomiy mamlakatlar musulmonlariga qarshi o’lim va vayronagarchilik olib kelayotgan o’zlarining shavqatsiz kampaniyasi oqibatlarini tan olish o’rniga, yuzlab ayol va yosh bolalarni o’ldirishlikda davom etishni tanlab, BMT xisobotini rad etishdi. Ular buni, o’zlarining mintaqadagi iqtisodiy hamda strategik manfaatlarini himoya qilish ortidan chopishlikda yo’l qo’yilgan tabiiy qo’shimcha talofat qatori tan olmoqdalar. Mana, kapitalizmning haqiqiy mustamlakachilik basharasi!
Afg’on erlari hamda mintaqa zaxiralari ustida o’zining nazoratini kuchaytirish, shuningdek, o’zlarining liberal erkinliklari hamda demokratiyani Afg’oniston musulmonlariga zo’rlab tiqishtirish harakatida, bu bosqinchi kuchlar, o’z maqsadlari yo’lida to’siq bo’lgan har qanday tirik jonni o’ylab ham o’tirmay qirib kelmoqdalar.
Afg’oniston musulmonlariga nisbatan sodir qilinayotgan eng katta jinoyat – bu, mana shu o’lim mashinasiga uyolmay, har qanday (muvofiqlashtirish ham, amaliy ham) yordam ko’rsatayotgan hokimlarning va armiya qo’mondonlarining sotqinliklaridir. Ular g’arblik xo’jayinlarini rozi qilish haqidagina qayg’urib, bu Ummatning yuzlagan aziz o’g’il va qizlari o’limiga ahamiyatga ega bo’lmagan, arzimas masala deb qaraydilar.
Qarzayning mazkur bayonotlari ham NATO o’z hujumlarini oqlab olish uchun o’ylab topilgan nayrangdan o’zga narsa emas.