«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»
1 robiul-avval 1434h
Matbuot bayonoti
Obama va Karzay Islomiy Ummatga qarshi urushni davom ettirishmoqchi
Islomga qarshi davom etayotgan salibchilik urushida bu urush etakchisi Obama va Amerika bilan NATO tomonidan tiklab qo’yilgan malay Karzay bahor boshlanishi bilan Afg’on xavfsizlik kuchlari mas’uliyatlari Afg’on kuchlariga o’tishiga qaror qilishdi. Obama ochiqdan-ochiq bunday dedi: «Keling, buni ochiq aytay, bahor boshlanishi bilan armiyamiz turli rollarni o’ynaydi. Afg’on kuchlarini mashqdan o’tkazadi, bu kuchlarga yordam berib yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi». Uning bu gaplari 2014 yildan keyin Amerika kuchlari uchun ikkita ish bo’lishini, birinchisi afg’on kuchlarini mashqdan o’tkazish, bu kuchlarga yordam berib ularning mamlakatda o’z xavfsizlik nazoratini o’rnatishi uchun yo’l-yo’riq ko’rsatish bo’lsa, ikkinchisi al?Qoida a’zolaridan qolgan-qutganlarini va Amerika xalqiga xatar tug’diradigan tobelarini ta’qib qilish ekanini ko’rsatib turibdi.
Hizbut Tahrir – Afg’oniston viloyati buni xuddi Iroqda bo’lganidek odamlarni aldash uchun taktikadagi yuzaki o’zgarish deb hisoblaydi. Chunki ana shu vaqtgacha bu bosqinchilar yuzlab begunoh tinch fuqarolarni deyarli har kuni qirg’in qilishni davom ettirishadi. Hozir esa bosqinchilar afg’on kuchlarini aynan shu ishni bajarish uchun ishga solishmoqchi. Ana shunda bu bosqinchilar o’z manfaatlari himoyasini ta’minlashadi va musulmonlarni bir-birini o’ldiradigan qilib qo’yishadi. Ular shu taktikani Iroq va Pokistonda ham ishga solishmoqda.
Obama bunday dedi: «… O’shanda al?Qoidani va uning Amerikaga xatar tug’dirayotgan yordamchilarini ta’qib qilishimiz mumkin bo’ladi». Bu esa bosqinchilar o’zlarining mustamlakachilik maqsadlariga erishish uchun, Islomiy Ummatga va mintaqadagi dushmanlariga qarshi urushni cho’zish uchun Afg’onistondan bir harbiy baza sifatida foydalanishmoqchi ekanini anglatadi.
Lekin afg’on xalqi Amerika kuchlarining turishi nimani anglatishini, mustamlakachilar «inson huquqini hurmat qilish», «iqtisodiy yordamlar» deb ataydigan narsalar va boshqa kufr demokratik qiymatlar aslida nima ekanini bu xalq o’z ko’zi bilan ko’rdi. Chunki bu dushmanlar dinimizga tajovuz qilishdi, begunoh bolalarimizni, keksalar va ayollarni o’ldirishdi, uylarimizga bostirib kirishdi, yurtlarimizni irqiy, lug’aviy va toifachilik asosida bo’lib tashlashdi, qashshoqlik, spid va barcha turdagi yomonliklarni jamiyatlarimizga olib kelishdi, strategik va xavfsizlik kelishuvlariga zamin tayyorlash maqsadida terrorchilik va vahshiylik amaliyotlarini uyushtirish uchun Afg’onistondagi Maykl Sambel tarmog’i, Pokistonda Raymond Devis tarmog’i kabi o’zlarining josuslik tarmoqlarini ishga solishdi.
Rosul Muhammad A hadisiga muvofiq mo’min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi. Shuning uchun mustamlakachilarning siyosatlari Islomiy Ummatning birlashib Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishiga olib keldi. Yaqinda Xalifalik tiklanganidan keyin bu mustamlakachilarning yovuzliklari va yomon rejalari barham topadi va o’rgimchakning uyasidek qulaydi.