Saytimizning xali namozga “yiqilmagan” mehmonlari e’tiboriga!

412
0

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ala Rosulillah!

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh!

Saytimizning xali namozga “yiqilmagan” mehmonlari e’tiboriga!

Aziz birodar! Har bir inson bu yorug’ olamga musulmon bo’lib keladi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (S.A.V) marhamat qilganlar;”Har bir norasta go’dak sof fitratda (isolom asosida) dunyoga keladi. Keyin uni ota onasi yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qiladi.”

O’zini musulmon deb sanagan har bir inson bosayotgan har bir qadamini shariatga moslab bosishi lozim. Chunki, “Af’ollardagi asllik – shariatga cheklanish” zarur degan qoida bor. Shuning uchun har qanday harakat oldidan, bu harakat qanday bo’lishidan qat’inazar shariatga murojaat qilish lozim bo’ladi. Yurish, turish, eyish, ichish, tijorat, ziroat, imorat, kitobat, ilm va riyozat bilan shug’ullanish harakat, xatto, bir joyda jim o’tirish harakat, uyquda bo’lish harakat. Odamzod oxirgi nafasi chiqquncha harakatda bo’ladi. Inson bir ishni qilib qo’yib emas, balki unga qo’l urishidan oldin shariatga murojaat qilishi lozim.

Hayotda yuz beradigan barcha ishlarda Shariatga amal qilish, albatta aqliy iymon so’ngidan bo’ladi. Aqliy iymon mavzusi juda go’zal va qalbga xuzur baxsh etguvchi mavzu bo’lib, bu dinimizning asosidir. Kimda bu asos kemtik bo’lsa,bundan uning ustiga quriladigan ahkomlarning bajarilishidagi nuqson kelib chiqadi.

Insonning hayotdagi barcha amallari–harakatlari 8 qismdan iborat tizmaning biriga tushadi;

1.Farz (namoz, ro’za, zakot….)

2.Vojib

3.Sunnat

4.Mustahab

5.Muboh

6.Mustakra

7.Makruh

8.Harom (aroq ichish , zino, qimor…..)

Bu tizmaning 1- va 8-bandlari juda nozik bo’lib, bu boradi engiltaklik qilish aslo yaramaydi. Chunki bu iymon va kufr masalasidir. Ya’ni, farz va haromni inkor qilgan odam iymondan chiqadi, xotini taloq bo’ladi. Farzni inkor qilmagan holda uni bajarmasa, yoki aksincha, haromni haromligini inkor qilmagan holda uni bajarsa, fosiq bo’ladi. Demak, Alloh ta’oloning buyruqlarini bajarmayotgan kimsalar yo kofir (Alloh saqlasin), yo fosiqdirlar. Alloh ta’oloning qaytariqlaridan qaytmayotgan kimsalar ham yo kofir (Alloh saqlasin), yo fosiqdirlar. Uchinchi yo’li yo’q.

Namozga yiqilmagan saytimiz mehmoni, kim ekanligingizni fursat borida yaxshilab o’ylab ko’ring. Aks holda, baribir bir kuni namozga borasiz, to’g’rirog’i, nasib bo’lsa cho’bin otda olib borilasiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.