Hizbullohning sobiq kotibi shayx Subhiy Tufayliyning aytishicha, Hizbulloh safidan Suriyada o’ldirilgan kishilar jahannamga ravona bo’ladi, shahid deb e’tibor qilinmaydi. U Hizbulloh Suriyada jang qilayotganini ta’kidlab, u erdagi shiyalar himoyaga muxtoj ekanligini rad qildi.
Shuningdek Tufayliy televideniyadagi chiqishida Suriyadagi mazlumlar tarafida turish uchun kuch-kudratni harakatga keltirishga chaqirdi.
“Suriyadadagi shiyalar himoya qiladigan kishilarga muxtoj emaslar. Biz ularga muammo tug’diryapmiz. Sayyida Zaynab ham himoya qiladigan kishiga muxtoj emas. Chunki u sunniylar tomonidan hurmat-ehtiromga sazovor. Biroq u erda qilinadigan asosiy ish ularni rejimdan, uning jinoyatlaridan va xalqni qirg’in qilishdan himoya qilishdir”, dedi Subhiy Tufayliy.
U Suriyada o’ldirilgan barcha shiyalarning o’ldirilishidan Hizbulloh mas’ul ekanligini ta’kidlab, “men munosib vaqtda suriyalik mazlumlar va yosh bolalar tarafida turaman. Bor kuchim bilan sunniy-shiya fitnasini qaytarishga harakat qilaman”, dedi.
Turkiston:
Allox rozi bo’lsin, Tufayliy xaq gapni gapiribdi va xaq yo’lni tanlabdi. Allox xar bir ishimizni oxirini xayrli qilsin.