Harbiy qismda xos mashg’ulot

565
0

Jizzax viloyati hokimiyatidagi manbaaning aytishicha, so’nggi 3 oy mobaynida viloyatga, O’zbekiston Mudofaa Vazirligi, Milliy Xavfsizlik hamda Prezident Xavfsizlik Xizmati xodimlari serqatnov bo’lib qolishgan, deya xabar qiladi O’HH sayti. “Mudofaa Vazirligidan kelganlar asosan Forish tumanidagi 39815 harbiy qismga ketishyapti va u erdagi Forish harbiy poligonida maxsus harbiy tayyorgarliklar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishmoqda” deydi viloyat hokimiyatidagi manba.

Jizzaxda ko’p yillardan buyon harbiy qismlardan birida ishlayotgan zobitning so’zlariga ko’ra: “Forishdagi harbiy poligon O’zbekistondagi eng yirik harbiy ob’ektlardan biri va u erda Markaziy Osiyo miqyosida harbiy amaliyotlar o’tkazib turiladi”.

– Hozir u erda respublika MXXga qarashli bo’lgan yirik harbiy bo’linma olib kelingan va mana 3 oydan buyon u erda shartli ravishda “Makon 4” deb nomlangan amaliyot o’tkazilayabdi. Ma’lumotlarga ko’ra, tez kunlarda Forishga I.Karimov ham kelishi va amaliyotni shaxsan kuzatishi kutilmoqda. 750 nafar harbiy amaliyot ishtirokchisi turli viloyatlardagi harbiy qismlardagi harbiy tanlovdan o’tgan askarlar bo’lib, ular Forish poligonida xizmat qilayotgan boshqa askarlardan alohida saqlanayabdi. Askarlarni aytishlaricha, harbiy amaliyot ishtirokchilari ertalab qismdan olib chiqib ketiladi va oqshom payti yana olib kelinadi. Qizig’i shundaki, Forish poligonida o’tayotgan sirli harbiy amaliyotni Rossiyalik va Xitoy yoki Koreyalik harbiy mutaxassislar ham kelib kuzatib ketishdi. “Makon 4”ning boshqa tafsilotlarini ayta olmayman – deydi ismi sir tutilishini shart qilgan zobit.

Jizzaxda bo’lib o’tayotgan harbiy amaliyot 2 kun davomida viloyatning Zomin tumanidagi 9225-sonli harbiy qismning 5-12-sonli chegara bo’linmasiga ham ko’chgan. Shu tumanda istiqomat qiladigan manbaaning aytishicha, harbiy amaliyot bo’lib o’tayotgan xudud 3 kun davomida yopib ko’yilgan. Shu joyga yaqin qishloqlarning axolisi amaliyot o’tkaziladigan kunlar davomida o’z chorvalarini uydan chiqarmaslik xaqida qattiq ogoxlantirilgan.

Zomindagi harbiy qismlardagi manbaaning gapiga qaraganda, “Makon 4” harbiy amaliyoti chog’ida maxsus tayyorgarlikdan o’tgan itlar ham qatnashishgan. Unga ko’ra, amaliyot chog’ida qorin qismiga, uzoqdan turib portlatiladigan moddalari bor belbog’lar boylangan itlar, terrorchilar to’dasi ichiga qo’yib yuborilishi hamda shu to’da ichida portlatib yuborilishi mashqlari bajarilgan.

“Men bir narsani aniq bilamanki, bu kabi harbiy amaliyotlar mustaqillik yillaridan buyon o’tkazilmagan. Bu shuni anglatadiki, xukumat nimanidir kutayapti va shu sababli qattiq tayyorgarlikni boshlab yuborgan” deydi Zominlik zobitlardan biri.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.