16 aprel kuni Gosduma Rossiya bilan Qirg’iziston hukumatining Qirg’izistonning Rossiya oldidagi avval berilgan kreditlar bo’yicha umumiy miqdori 500 mln dollarga yaqin qarzini kechishlik haqidagi kelishimini tasdiqladi, ma’lum qiladi RIA Novosti.
Kelishim 2012 yil sentyabr oyida Bishkekda imzolangan edi. O’sha vaqtning o’zida tomonlar mamlakatda rus harbiy inshoatlarini joylashtirishlik haqidagi yangi shartnomaga kelishishgan.
Qirg’iziston Respublikasining Rossiya olidida ikkita qarzi bor. Birinchisi 188,9 mln dollar miqdorda va u darhol kechiladi, ikkinchisi esa – 300 mln. dollar. U 2016 yilning 16-martidan boshlab o’n yil mobaynida kechiladi.
Qirg’iziston deputati: Rossiya uydurma qarzni kechmoqchi bizga.
17 aprel. Bishkek. Qirg’iziston JK deputati O’murbek Abdurahmonov Rossiya kechib yubormoqchi bo’layotgan qarzning mavjudligi xususida shubha bildirdi. Rossiyaning bu qadami qirg’iz xalqiga ulkan yordam qatori qilib ko’rsatilmoqda, qayd qildi u.
Shu vaqtning o’zida Abdurahmonov bu qarzni Qirg’izistonga Sovet Ittifoqi qulagandan keyin “qo’shib qo’yishgan” deb xisoblaydi – “emishki, biz o’sha vaqtda Qirg’izistondagi Ittifoq korxonalari uchun keltirilgan texnik anjomlar xisobiga qarzmiz”. “Shunday qilib biz 190 mln dollar qarz bo’lib qolgan bo’ldik. Bizning jasur amaldorlarimiz davlatlararo bu shartnomaga o’z imzolarini qo’yishdi. Mazkur qarzning mohiyatini hech kim tushuntirib berolmyabdi. Agar haqiqatdan ham bu qarz bor bo’lgan bo’lsa, biz uni Sovet Ittifoqiga to’lashimiz kerak edi, Rossiyaga emas. Shunday qilib, Sovet Ittifoqining barcha horijiy aktivlariga Rossiya ega bo’lib qolmoqda. Va, agar biz haqiqatdan ham ularga do’stona mamlakat xisoblansak, rus hukumatining bu shubhali qarzni yuzimizga solishi ular uchun o’z mavqeidan past ketishi xisoblanadi. Axir Rossiya Afrika, Kuba, Mongoliya, Vetnam, Liviya, Suriya va boshqa mamlakatlarning ko’pmilliardlagan qarzlarini kechib yubordiku”, – dedi qirg’iz parlamenti deputati, yozadi Tazabek.