Ey Suriyadagi musulmonlar!

427
0

Obamaning harbiy aralashuv to’g’risidagi bayonotidan qo’rqmang Aksincha uning o’zi sizdan qo’rqmoqda

Obamaning Suriyadagi krizisni hal etish uchun etarlicha harakat qilmagani, u erga salbiy tarzda aralashayotgani to’g’risidagi Amerika ichkarisida ham, tashqari davlatlar tomonidan ham to’xtovsiz ayblovlar uning o’zini tang holatga tushirib qo’ydi. Natijada, bu holat uni o’tgan yaqin kunlarda shunday bayonotlar berishga undadiki, bu bayonotlardan Amerikaning Suriya ishi masalasida naqadar boshi berk ko’chaga kirib qolgani, adashayotgani va uni nafaqat hal etish, balki unga nayrang ishlatish borasida qay darajada fikrlayotgani fosh bo’lib qoldi. Misol uchun, u 27 yanvarda Amerikaning «Nyu Ripablik» jurnaliga, 28 yanvarda «60 daqiqa» teleprogrammasiga bergan intervyusida «Suriyaga oid kurashda Qo’shma Shtatlarning harbiy aralashuvi masalasini mustahkamlash ustida ish olib borayotgani» to’g’risida bayonot berdi. Keyin «Asaddan so’ng barqaror rejim uchun eng afzal ehtimolni ta’minlovchi narsa nima o’zi?», degan savolni o’rtaga tashladi. O’zining 29 yanvar kungi audio bayonotida «men insonparvarlik yordamlariga qo’shimcha yana 155 million dollar berishga rozi bo’ldim», der ekan, «bu bilan Qo’shma Shtatlar Suriya xalqiga insonparvarlik yordami berayotganlar ichida eng katta tomonga aylanganini» qo’shimcha qildi. Yana bunday dedi: «Asad rejimi tugaydi, suriyalik xalqlar o’z kelajaklarini yaratish imkoniyatiga erishadilar hamda Qo’shma Shtatlarni o’zlarining doimiy hamkorlari sifatida ko’radilar».

Obamaning ushbu qator bayonotlarini o’qigan kishi ularning ortida ko’plab haqiqatlar yotganini guvohi bo’ladi: Obama ma’muriyati Suriyadagi qonlar daryosida suzmoqda va u erdagi qo’zg’olonni bostirishda omadsizlikka uchragandan so’ng endi harbiy aralashuv to’g’risida jiddiy o’ylamoqda. Chunki bu ma’muriyat shuni yaxshi biladiki, Suriya echimi Islomiy Xalifalik davlati barpo bo’lish sari ketayotir, bu esa uning uchun chidab-toqat qilib bo’lmaydigan va haqiqiy xatar sanalgan narsadir. Bu ma’muriyat shuni ham biladiki, Suriya ishiga harbiy aralashuv Obamaning Afg’onistondan chiqib ketish bilan bog’liq ko’tarib chiqqan shiorlariga va tuzgan programmasiga teskaridir… Shuningdek, Obama bayonotlarini o’qigan kishi yana shularning guvohi bo’ladiki, bu ma’muriyat Asaddan so’ng o’zi uchun bir barqaror rejim yaratishga urinmoqda va bu o’z navbatida, Suriya xalqining unga kelajak tuzish masalasida hamkoriga aylanishga zo’r berib harakat qilayotganiga dalolat qiladi. Endi, Obamaning suriyaliklarga yordam taqdim etgani to’g’risidagi so’zlariga kelsak, bu Suriya hodisalarida zarar ko’rgan suriyaliklar uchun xalqaro donor davlatlarning 28 yanvarda o’tkazilgan Parij konferentsiyasi bilan 30 yanvarda o’tkazilgan Quvayt konferentsiyasiga Obamaning go’yo avvaldan bergan javobiday yangradi va bu bilan Qo’shma Shtatlar donor davlatlarning peshqadami ekaniga shama qildi.

Ey Shom Suriyasidagi xolis, sabrli va imonli musulmonlar!

Biz Amerikadan Asadlar oilasiga qarshi qo’zg’olon alanga olgandan buyon bevosita va bilvosita qator tilbiriktiruvlardan boshqa narsa ko’rmadik. U tog’lar ham emirilib ketadigan, bu tilbiriktiruvlarni mintaqadagi va butun dunyodagi o’z malaylari, yuvindixo’rlari qo’li bilan amalga oshirdi. Agar bizga ushbu buyuk va kamyob qo’zg’olonda Allohning O’zi madadkor bo’lmaganda edi, o’zimiz ham, qo’zg’olon ham albatta zoe ketgan bo’lardik, bundan Alloh saqlasin. Biz muxolafat bilan koalitsiyaga va ularning kengashlariga bunday deymiz: Nahotki Amerika boshchiligidagi G’arb sizdan tayyor miniladigan narsa sifatida foydalanayotganini, uning uchun bundan ortiqcha narsa emasligingizni, xuddi Asadlar zamonidagi kabi, sizlar ham Suriyani qo’sh qo’llab unga topshirmaguningizcha sizdan hargiz rozi bo’lmasligini anglashingiz vaqti etmagan bo’lsa?! Biz Allohga, Uning va’dasi va nusratiga chuqur ishongan holimizda Suriyadagi musulmonlarga ularning ushbu qo’zg’olonlari insha Alloh, nusrat quchuvchi qo’zg’olon ekani xushxabarini etkazamiz. Chunki kim Allohdan qo’rqsa, Amerikadan qo’rqmaydi, bil’aks, Amerikaning o’zi undan qo’rqadi va albatta musulmonlar Amerikani tuzoqqa ilintirajaklar. Bugun ular o’zlarining G’arbga qarshi xalqaro kurashlarida tobora kuchaymoqdalar, Amerika esa tobora zaiflashmoqda. Alloh Taolo aytadi:

 

«Albatta Biz payg’ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo’lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz. U kunda zolim-kofir kimsalarga uzr-bahonalari foyda bermas va ularga la’nat bo’lur, ularga eng yomon joy – do’zax bo’lur» [G’ofir 51-52]

Hizbut Tahrir 19 robiul-avval 1434h

Suriya viloyati 31 yanvar 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.