Ma’lumot manbalaridan olingan xabarlarga ko’ra, AQSh prezidenti Barak Obama 12 fevral oqshomida Kongressga qilgan murojaatida AQSh harbiylari 2014 yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishini tasdiqlagan.
Bugungi kunda men yil davomida yana 34 ming amerikalik harbiy Afg’onistondan uyga qaytishlarini e’lon qila olaman. Qo’shinlar qisqarishi davom etadi va keyingi yil oxiriga kelib Afg’onistondagi urush yakuniga etadi, – dedi AQSh prezidenti. Hozirgi paytda Afg’onistondagi Qo’shma Shtatlar harbiy kontingenti 66 ming kishini tashkil etadi. Urush avj pallaga chiqqanida Amerikaning Afg’onistondagi askarlari soni taxminan 100 ming kishini tashkil etgan edi.
Tolibon nazarida xorij qo’shinlari mamlakatni hoziroq tark etishi shart. NATO harbiylari chiqib ketgach, Afg’oniston yana beqarorlikka yuz tutishi mumkin, degan xavotir bor.
Avvalroq Amerika boshliq koalitsiya mamlakatdan yozda chiqa boshlashi rejada edi, biroq yangi taklifga ko’ra, qo’shinlar bahordayoq vatanga jo’nay boshlaydi.
2011 yilda Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqishini e’lon qilgan Oq Uy rahbariyati Afg’onistonda 3-4 mingga yaqin harbiylarini saqlab qolinishi, shu bilan birga maslahatchilar safi kengayishini ma’lum qilgan.
Obama AQShning terrorizmga qarshi kurashini shunday izohlagan: ” Biz o’g’illarimizni xorijga jo’natmasligimiz lozim. Biz terrorizmga qarshi mustaqil kurashayotgan mamlakatlarga ko’mak ko’rsatamiz. Ya’ni, Yaman va Liviya kabi mamlakatlarga, shuningdek bizning ittifoqchilarimiz Malida kurashayotgani kabi yordamlarni berishimiz mumkin “,- degan u.
Turkiston:
11 sentyabr xodisasi asosida ishlab chiqilgan, dunyoni bevosita bosib olish loixasi yakuniga etdi. Bu yurish, AQShga har tomonlama juda katta ziyon va muvoffaqqiyatsizliklar olib keldi.
Yuqoridagi Obamaning murojati, AQSh dunyo bo’ylab yangicha strotegiya ishlab chiqqaniga dalolat qiladi. Bu strotegiya, dunyo siyosatidagi o’zgarishlardan va AQShning ichki siyosatidagi keskinliklar paydo bo’la boshlaganidan majburiy ishlab chiqilgan loixadir.
Tashqi siyosatda, dunyoda Islom mabda’ sifatidagi uyg’onishi jadallasha boshladi. Natijada islomiy yurtlarda musulmonlar, birin ketin kufr mustamlakalaridan ozodlik talab qila boshladilar. Bu esa, dunyo etakchi davlati bo’lib turgan AQShdan, vaziyatni nazoratda ushlab qolishni talab qiladi. Dunyoni nazorat qilib turish esa, undan juda katta xarajat, xarbiy quvvat va qurbonlar keltirishni talab qilishi tabiiy. AQShning siyosati ham, iqtisodi ham bu xarajatlarni davlatga ziyon keltira boshlaganini va dunyoda birinchi davlat maqomini saqlab qolishga bo’lgan intilish, bu ziyonni qoplay olmasligini tan olishdi.
Ana endi bularni dunyoda etakchilikka intilishlari, faqat zaif davlatlardan mumkin qadar ko’proq iqtisodiy manfa’tlanish asosiga qurilganligi yana bir marta tasdiqlandi.
Obamaning “biz terrorizmga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga ko’mak yuboramiz” degani, shu mamlakatlarda o’z manfa’tlari yo’lida fitnalar uyushtirishiga dalolat qiladi. U butun dunyoni musulmonlarga qarshi terrorizm nomi bilan urushga tortmoqchi.