Mu’ayan davlatiga ega bo’lmagan Milliy koalitsiya Qatarda o’z elchixonasini ochdi?!

295
0

Bashar Asadga qarshi kurash olib borayotgan inqilobiy kuchlar orasida g’oyaviy bo’linishlar yuz bergan: Suriyada Xalifalikni tiklashlik uchun kurashayotganlar ko’pchilikni tashkil qiladi va ularning soni kundan kunga ortib bormoqda. Ular bu kurashga G’arbning har qanday ko’rinishdagi aralashuvini rad qilmoqda. Ikkinchi guruhdagilar esa, Asad qulatilganidan so’ng mamlakatda demokratik islohotlar o’tkazishlik tarafdori. Ular kuni kecha Suriyadagi tinchlik islohotlari borasida o’z nuqtai nazarlarini taqdim qildilar.

Inqirozdan chiqib ketishlik uchun taqdim qilingan rejaga binoan, mamlakatda ko’chib o’tish jarayoni BMT himoyasi ostida o’tadi, “yo’l xaritasi” esa Xavfsizlik Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

Ko’chib o’tish davrida mamlakatni boshqarish uchun oqsoqollar Hay’ati tashkil qilish taklif qilingan. Bu Hay’t milliy muloqot natijasi asosida shakillanadi va unga vitse-prezident etakchilik qiladi. Hay’atning 140 qatnashchisidan 102 vakili BMT tarafidan tanlaniladi, 38 tasini hukumat hamda muxolifat tayinlaydi. Hay’atga aholining barcha qatlamlaridan vakillar kiradi.

Mamlakatdagi inqirozga daxldor bo’lgan barcha taraflar imzolashligi kerak bo’lgan tinchlik shartnomasi Suriyani “demokratik parlamentlar respublikasi” deb e’lon qiladi. Davlat “ilmoniy va diniy jamoatchiliklarga ajratilmagan” bo’ladi. Ko’chib o’tish davrida oqsoqollar Hay’ati mamlakatning harbiy holatdan chiqarilishini, milliy kelishuvga rioya qilinishni va grajdanlar jamiyati qurulishini nazorat qilib turadi.

Qizig’i shundaki, bu hujjat Milliy koalitsiya rahbariyati o’zining etakchisi Ahmad Muoz al-Xotibning tinchlik tashabbusini muhokama qilish uchun Qoxirada yig’ilganliklari bilan bir vaqtda matbuotda paydo bo’ldi. Muoz bir necha kun avval Suriya hukumati bilan nizoni to’xtatishlik hamda hukumatni topshirish jarayonini boshlash borasida muloqot o’tkazishlikni taklif qilgan edi.

G’arb Milliy koalitsiyani malay Bashar Asadga o’rinbosar qilishlikka zo’r berib urinmoqda. Bu harakatiga u bir qancha arab mamlakatlarini ham sherik qilib olgan. Kuni kecha Qatar hukumati Dohadagi Suriya elchixonasining binosini Milliy koalitsiya ixtiyoriga topshirishlikni qaror qildi. Koalitsiya o’zining Qatardagi elchisini hamda diplomatik namoyondalarini tayinlab ham ulgidi.

Koalitsiya vakilari so’zlariga ko’ra, ular boshqa mamlakatlar ham Qatardan namuna olib, o’z elchixonalarini Koalitsiyaga ochib berishlariga ishonadilar.

Elchixonalar eshiklarini ochib berishlik – g’arbparast Koalitsiyani qonuniylashtirish uchun qilingan navbatdagi qadamdir. Kecha bular – sammitlar, uchrashuv va munozaralar edi.

Bular barchasi Suriyadagi inqilobni o’z nazorati ostiga olish uchun qilinayotgan G’arb harakatlaridir. Biroq unga boshqa muhim bir omil etishmayapdi – inqilobiy harakatni nazorat ostiga olishlik. Agar muxolifatdagi harakatlarning barchasi qo’g’irchoq vujud – Milliy koalitsiyani, uning etakchisi malay Muoz al-Xotibni va har qanday g’arbcha takliflarni rad qilsalar, dushmanlar o’z rejalarini amalga oshirishlikning uddasidan chiqa olmaydilar. Insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.