Bashar Asad Rossiya va Erondan yordam olib Suriya aholisini qirg’in qilayotgani butun dunyoga ma’lum bo’lsa-da BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Eronning Asad rejimiga bergan dastagini “mamlakatga tinchlik va osoyishtalikning qaytishi uchun qilayotgan harakatlar”, deya qadrlashini bildirdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligining xabariga ko’ra, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy bilan Venada TSivilizatsiyalar Ittifoqi yig’ilishi doirasida uchrashuv o’tkazdi. U Eron davlati va BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiyning Suriyani bo’hrondan chiqarish uchun qilgan harakatlari foydali va ta’sirli bo’lganligini aytib, uni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
Ammo ma’lumot manbalaridan olingan xabarlarga qaraganda, Lahdar Brahimiyning Suriyadagi vaziyatni tinchitish uchun qilgan bir qancha harakatlari muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Brahimiy o’z harakatida qattiq turib, agar Suriya inqiroziga barham berilmasa jahannamga aylanib ketishi haqida ogohlantirgan edi. Ammo u jannam deganda nimani nazarda tutganini ochiqlamagan. Agar u jahannam deganda Suriyadagi qonli qirg’inlarni nazarda tutgan deyilsa, shundoq ham u erdagi qirg’in ikki yildan beri davom etib kelmoqda.