Bishkekda diniy ekstremizmga qarshi kurash mashqlari o’tkaziladi.

425
0

18 aprel kuni Bishkekning Pervomayskiy rayoni idorasi rayon maorif markazi bilan birgalikda “Ogoh bo’ling, diniy ekstremizm!” mavzuida mashqlar o’tkazadi. Bishkek meriyasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mashqlarda rayon idorasi rahbariyati, ichki ishlar rayon boshqarmasi va mamlakat milliy xavfsizlik qo’mitasi rahbariyatlaridan vakillar, Bishkek shaxar maorif boshqarmasi vakillari, rayonning umumta’lim maktablari diretorlari o’rinbosarlari va rayonning balog’atga etmagan bolalar ishlari bo’yicha nazoratchilari qatnashadi.

Mashqlarda rayondagi diniiy vaziyat, shuningdek xalqning birdamligini mustahkamlashda ko’rilayotgan chora-tadbirlar va rayon maktablari o’quvchilari orasida diniy ekstremizmdan ogoh bo’lish masalalari muhokama qilinadi.

Uyushtiruvchilarga ko’ra, undan tashqari, mashqlarda madaniy meroslarni hamda etnik ko’pjixatlikni saqlab qolish, davlat organlari bilan mahalliy hukumat organlarining va fuqarolik nazorat jamiyatlarining hamkorlikdagi harakatlarining amaliy tadbir-choralarini ishlab chiqish, nizolarning oldini olish va tinchlikni barpo qilish haqida so’z ketadi…

Bugungi kunda butun dunyo bo’ylab Islom dinini qabul qilayotgan va unga targ’ib qilayotgan insonlar soni jadal o’sib borayotgan hol kuzatilmoqda. Bu jixatdan Markaziy Osiyo mamlakatlarini namuna deb xisoblasa bo’ladi. Shuning uchun ham Islom Karimov, Emomali Rahmon, Nursulton Nazarbaev, Almazbek Atambaev kabi shu mamlakatlar rahbarlari Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikda, siyqasi chiqib bo’lgan niqob – terrorchilikka, ekstremistlikka qarshi kurash niqobi ostida musulmonlarga, Islomga qarshi zulmona harakatlar olib bormoqda. Bu niqob rahbarlarga o’z quvvatlarini hukumatning fuqarolariga nisbatan odilsizligiga qarshi turli noroziliklar izhor qilayotgan oddiy xalqqa ham qo’llashlikka imkoniyat beradi. Diktatorlar uchun hukm yurgizayotgan rejimdan norozi xar bir inson yoki jamoat eng kamida xavfli ekstremist xisoblanadi, shuning uchun ham bunday noroziliklar kuch bilan shavqatsiz bostiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.