Birikkan Arab Amirliklari Afg’oniston uchun Islom ruhoniylarini tayyorlashlikda yordam ko’rsatishadi. Bu haqda BAA tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Muhammad Ahmad Suxayl Almazrui Afg’oniston bo’yicha Istambul protsessi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Olma-Otadagi anjumanida bayon qildi.
“Birikkan Arab Amirliklari 20 mln dollarlik muhim ta’lim programmalaridan biri Afg’onistonda o’tishligini ma’lum qiladi. Mazkur tadbir ikki yil ichida yigirma ming afg’on mullalarini tarbiyalab chiqarishlikni maqsad qilgan”, – dedi Suxayl Almazrui.