Bahor hujumi

315
0

Tolibon harakati NATO kuchlari va Afg’on hukumatiga qarshi “bahor hujumi”ni boshlaganligini e’lon qildi. Har yili qor erishi izidan hujumlari sonini oshiradigan Tolibon “Xolid ibn Valid” amaliyoti sifatida keng shaklda o’lkaning har tarafiga hujum uyushtirishini ta’kidladi.

Frantsiya axborot agentligi xabariga kura, tolibon harakati avtomatik tarzda portlaydigan bombalar kuyish va Afgonistondagi xorijiy kontingentga qarshi yangi taktikalarni amalga oshirishlari haqida bayonot berishdi.

Shuningdek, Tolibonlar Afg’oniston prezidentiga ishlayotgan barcha avg’on fuqarolarini ogohlantirdi. Ushbu bayonotda afg’on yoshlaridan mamlakat politsiya va harbiy kuchlariga xizmat qilishdan voz kechishi talab qilinadi. Tolibonning ta’kidlashicha, xorijiy kontingentga qarshi yangi taktik amaliyotlar yakshanba kunidan boshlanadi.

Ammo shanba kuni Afg’oniston janubida bir samalyotning vayron etilishi oqibatida NATOga qarashli to’rt harbiy halok bo’ldi. Joriy oyning boshida Afg’oniston sharqida Vertalyot urib tushirilishi sababli ikki Amerika askari halok bo’lgan edi.

Ushbu vaziyat NATOning qo’mondonlari tolibon ustidan g’alaba qozonganliklarini e’lon qilgan bir paytda yuzaga kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.