2014-moliyaviy yilda AQSh Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlariga uzoq muddatli iqtisodiy, siyosiy va savdodagi islohatlar o’tkazishlik uchun 580 mln dollar o’tkazib berishlikni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, AQSh mintaqaga berayotgan yordami hajmini “arab baxori” voqealari munosabati bilan kengaytirmoqda.
Bu narsa amerikaning kelasi yil federal byudjeti loihasida qayd etilgan. Hujjat 10 aprel kuni hukumat tarafidan AQSh Kongressiga qarab chiqishlik uchun taqdim etilgan.
AQShning tashqisiyosiy faoliyati doirasida Afg’oniston, Iroq va Pokistonda amalga oshiriladigan rejalarini moliyalash hajmi o’ta kattadir. Iroqdagi rejalariga 2,1 mlrd dollar belgilangan, Afg’oniston uchun – 3,4 mlrd dollar, Pokistonga esa 1,4 mlrd dollar ajratilgan.
AQShning horijdagi diplomatik missiyasi vakillarini jismoniy himoya qilish, hamda davlat departamenti xavsizligini ta’minlashdagi shunga o’xshash programmalarini mustahkamlash uchun 2014 yilda 4 mlrd dollar ajratishlik ko’zda tutilgan.
Islom bilan kurashishda kufr hech qanday moddiy mablag’larni ayamaydi. Buning uchun ularda maxsus o’qimishli kishilar bor, ular bu xizmatlari evaziga katta pullar olishadi. Yuqorida qayd qilingan raqamlar – bular kichik bir qismi, xalos.
Shuningdek, ular o’z xalqini ham ayamaydi – ularni Islom yurtlariga, musulmonlarni yo’q qilish uchun, urushlarga jo’natishadi. Bu narsani ular faqat o’z manfaati yo’lida, agar Islom kelib qolsa barcha o’yin-kulgi va axloqsizliklariga chek qo’yishidan qo’rqqanlaridan qilishadi.
Islom haq ekanligini tushungan bizlarchi?! Bizlar nima qilayabmiz?! Kufr sarflayotganchalik kuch sarflayabmizmi?! Balki, aksincha, biz ulardan qo’rqayotgandirmiz? Yashirinayotgandirmiz? Sukut saqlayotgandirmiz? Ularning qarshisida o’zimizni oqlamoqchi bo’layotgandirmiz? Qiyomat Kunida, Allohning qarshisida o’zimizni oqlay olarmikanmiz? Qanday qilib biz Uning roziligini olmoqchimiz? Umuman, biz u rozilikni olmoqchimizmi o’zi? Balki shunchaki, “ho’ja ko’rsinga” musulmonman deb yurgandirmiz? Shunchaki, har ehtimoldan?
Ey Islom Ummati, shu narsa ustida jiddiy o’ylab ko’ringiz!