Qirg’iziston Internetda Islom bilan kurashni kuchaytirmoqda.

502
0

Qirg’iziston ichki ishlar vazirligi ekstremizm tashviqotining kengayishligiga qarshi kurashishlikni kuchaytirish maqsadida elektron hamda pochta aloqalari haqidagi qonunni qayta ko’rib chiqishlikni rejalashtirmoqda.

Internetda Islomiy g’oyalarning keng ko’lamda yoyilib borishligi Qirg’iziston hukumatidagilarni elektron hamda pochta aloqalari haqidagi qonunga o’zgartishlar kirgizishlik tashabbusini ilgari surishlikka undadi.

IIV xabariga ko’ra, qonunga kiritilishligi kutilayotgan o’zgartishlar orasidagi elektron pochta orqali jo’natilayotgan shubhali nomalarni ochib ko’rishga beriladigan ruxsat, xususan Xizb ut-Tahrir partiyasining o’z islomiy tushunchalarini ommalashtirishiga qarshi yo’naltirilgan bo’ladi.

IIV matbuot xizmati boshlig’i Jorobay Abdraimov «O’rta Osiyo Internetda» saytiga bergan ma’lumotiga ko’ra, qonunchilik sohasida bartaraf qilinishligi zarur bo’lgan kamchiliklar bor. Islomiy saytlarning serverlari mamlakat tashqarisida joylashganligi sabab, Internetda svetskiy siyosatga (ilmoniylik – dinni xayotdan ajratishlik siyosati) zid bo’lgan ma’lumotlarni tarqatayotgan shaxslarni javobgarlikka tortishlikda IIV faoliyatida muammolar paydo bo’lmoqda, iqror bo’ladi J. Abdraimov. Uning so’zlariga ko’ra, qonunga kirgiziladigan o’zgartishlar nomaqul saytlarni aniqlashlikka va ularning faoliyatini man qilishlikka imkoniyat yaratadi.

O’zgartirilgan qonun parlament muhokamasiga shu yil taqdim qilinadi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.