Dunyoda oziq ovqat etishmovchiligi va bolalarning to’yib ovqatlana olmasligi borgan sari ulkan muammoga aylanib bormoqda.
BMTning yangi tadqiqoti bo’yicha, bunday muammolarga echim sifatida qo’ng’izlar va qurt-qumursqalarni oziq-ovqat sifatida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
BMT nazarida oziq ovqat sifatida qo’ng’izlar va qurt-qumursqalardan foydalanish ancha orzonga tushadi. Chunki 1 kg mol go’shtini etishtirish uchun 8 kg ozuqa sarflanadi. Ammo 1 kg qurt-qumursqalar etishtirish uchun esa bor-yo’g’i 2 kg ozuqa sarflanadi.
– Dunyo xalqlari ko’payib oziq-ovqatga talab oshib borayotgan bir paytda qurt-qumursqalar bilan ozuqalanish maqsadga muvofiqdir – dedi BMT oziq-ovqat va qishloq xujaligi guruhining rahbari Yeva Myuller.
Bundan buyon BMT restoran xo’jayinlari va oshpazlarini qo’ng’izlar va qurt-qumursqalardan tansiq taomlar tayyorlab, xalq orasida bunday taomlarni qadrli taomlarga aylantirishga undaydi.
Mana sizga iqtisodiy tanglikdan qutilish uchun ajoyib echim. Oddiy echim emas, BMTning echimi.