Qirg’izistonning qarzi 3,2 mlrd. dollardan oshdi

496
0

Qirg’izistonning qarzi 3,2 mlrd. dollardan oshdi Qirg’izistonning davlat qarzi 2013 yil fevral oxiriga kelib 3,2 mlrd. dollardan oshib ketgan. Jumladan tashqi qarzi 2 mlrd. 991 mln. 736 ming dollarni tashkil etadi.

Bulardan 1 mlrd. 243 mln. 321 ming dollar ikki taraflama kreditga asoslangan. Eng ko’p qarzni Xitoyning Eksim banki bergan. U bergan qarz 527 mln. 488 ming dollarni tashkil etadi. Undan keyingi o’rinda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi turadi. U 300 mln. 022 ming dollar bergen. Rossiya esa 300 mln. dollar bergan.

Qirg’izistonning har taraflama kredit qarzlari 1 mlrd. 516 mln. 731 ming dollarni tashkil qiladi.

Jumladan, olingan qarzlar Xalqaro valyuta fondidan — 183 mln. 452 ming dollar, Osiyo tarqqiyot bankidan — 592. mln 506 ming dollar, xalqaro bank turidan — 664. mln 115. ming dollarni tashkil qiladi.

Bu ma’lumotlar Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligi saytidan olindi.

Ammo rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Qirg’izistondagi «Qumtor» oltin konidan har yil 9 tonnadan 20 tonnagacha oltin qazib olinadi. Shuningdek, davlatga qarashli «Qirg’izoltin» kompaniyasi tarkibidagi bir nechta korxonalar ham yiliga 500-700 kilogramm oltin topshiradi.

Bu degani Qirg’iziston davlati birgina «Qumtor» konidan qazib oladigan oltin har yili o’rtacha hisobda 450 mln. dollardan tortib 100 mlrd dollargacha tashkil qilar ekan. Endi bunga boshqa konlardan qazib olinadigan qazilma boyliklarini qo’shib hisoblab ko’ravering.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.