Yevropa mamlakatlari yahud manzilgohlarining kengayishiga qarshi.

272
0

Angliya, Frantsiya va Shvetsiya 3 dekabr kuni o’zlarining tashqi ishlar vazirliklariga mamlakatlaridagi isroil elchilarini chaqirdilar va Netanyaxu hukumatining Falastin erlarida yahud manzilgohlari qurulishini tezlatish va kengaytish haqidagi rejalari hususida ularga qat’iy norozilik izhor qildilar.

Isroil diplomatlariga hukumatlarining bu hatti-harakatlari to’g’ri kelmaydigan ish ekanligini aytishdi va G’arbiy sohil hamda Sharqiy Quddusda qurulish hajmini kengaytish niyatidan qaytishlikni tavsiya qildilar.

Bundan avvalroq, isroilliklarning rejalarini AQSh davlat kotibi Xillari Klinton va BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham nadomat qilgan. Shuningdek, Rossiya va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari ham Netanyaxu hukumatini ayblov bayonoti bilan chiqishgan.

Mazkur davlatlarning barchasiga ko’ra, isroilliklar rejasi tinchlik jarayonini qayta boshlashlikka yo’l qo’ymaydi. Bu borada, Angliya tashqi ishlar vazirligi, Quddusning qabul qilgan qarori “ikki davlat – ikki xalq uchun” g’oyasining amalga oshishiga xavf tug’dirishligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan London isroilliklarni yangi qurulishlikdan voz kechishga chaqirdi.

Yevropa mamlakatlarida, agar Quddus shunga qaramay qurulishni boshlab yuborsa, Isroilga nisbatan ko’riladigan konkret choralar hususida muhokamalar boshlandi. Ko’pchilik evropaliklar, shunchaki malomatning o’zigina etarli bo’lmay qoldi, deb xisoblashmoqda.

G’arbiy sohilda uch ming yangi turar joy qurish haqida, Isroil 30 noyabr kuni e’lon qilgan. Mazkur qaror, Falastinning BMTdagi kuzatuvchi-davlat sifatida xalqaro tan olinishligiga nisbatan Quddus tomonidan javob tariqasida bo’ldi. Bunday tan olishlikni Isroil, avvalgi kelishuvlarni yo’qqa chiqaruvchi bir tomonlama harakat deb atab, u ishga qattiq qarshilik ko’rsatgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.