Yevropa ittifoqi Tunisga 186 mln. dollar bermoqchi

471
0

Tunisning investitsiya va xalqaro hamkorlik vaziri Riyoz Bittoyyib shunday deb bayonot berdi: “evropa ittifoqi bu yil Tunisga moliyaviy dastak sifatida 186 mln. dollar yordam beradi. Bu Tunisga imtiyozli sherik darajasini berish bitimi doirasida bo’ladi”.

Riyoz Bittoyyib 22 noyabr kuni davlat qarorgohidagi jurnalistlar bilan uchrashuvida shunday e’lon qildi: “imtiyozli hamroh” bitimida qayd etilgan moliyaviy majburiyat 282 mln. dollar miqdorida bo’ladi. Yevropa ittifoqi kelasi besh yil oralig’ida bu mablag’ni Tunisga beradi.

Tunisga “imtiyozli hamroh” darajasini berish haqidagi e’lon kecha tashqi ishlar vaziri Rafiq Abdus Salom va evropa mulozimi Shtefan Fyule boshchiligida Tunis bilan Yevropa ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik majlisining to’qqizinchi sessiya munosabati bilan tamomiga etdi.

Tunis vaziri shunday qo’shimcha qildi: “Tunis davlati kelgusi haftada evropa ittifoqi bilan 137 mln. dollar miqdorida moliyaviy qo’llov bitimiga imzo chekadi”.

Riyoz Bittoyyib Tunis kelgusi besh yil oralig’ida – Xususan “evropa ittifoqi ko’shni davlatlardagi balansni qo’llash uchun 22-24 mlrd. dollar ajratgan bir davrda – evropaning 500-770 mln. dollar yordamiga erishishiga umid bog’ladi.”

Tunis 2011 yilda evropa ittifoqidan 205 mln. dollar miqdorida moliyaviy ta’minotga erishgan. Bu 2010 yil oralig’ida erishganidan ikki barobar ko’p.

Turkiston:
Bunaqangi va’da qilingan (xo’rakdagi) pullar, uchunchi dunyo davlatlariga bir necha maqsadlarni ko’zlab beriladi.

1. Iqtisodiy manfa’tlar: Bu kapitalistik sistemaning asosiy maqsadini ifoda etib, qolgan barcha manfa’tlar shu manfa’t asosiga quriladi.

2. Siyosiy manfa’tlar: Shu davlatlar ustidan ta’sir quvvatini o’rnatish va ushlab qolish, shuningdek dunyodagi mavqe’yini saqlab qolish kabi ishlar ko’zda tutiladi.

3. Mafkuraviy manfa’tlar: Bu ish asosan etakchi davlatlar tomonidan olib boriladi. Xozirda voqe’likda bu yo’nalishdagi xarakatlar Islom mafkurasiga qaratilgan bo’lib, qolgan mafkuralar etakchilikka xavf tug’diruvchi xolatda emas.

Turkiyani YeI kirishi uchun qo’yilgan shartlarning deyarli barchasini bajarib bo’lganiga qaramay qabul qilinmayotganiga e’tibor bering. Turkiya o’zida yasayotgan iqtisodiy isloxotlar vaziyatni o’zgartirgani yo’q, chunki uni YeIdan to’sayotgan narsa uning xalqini toboro islomiylashib borayotganidan edi. Buni esa to’sishni ilojisi yo’q. Rossiyani Qirg’izistonga va’da qilgan 900 million dollor puli, Bakiev Gansi aviabazani quvib chiqara olmagach berilmadi.

Bunga o’xshagan misollar juda ko’p.

Xulosa shuki, bunaqangi pullar albatta bizlarning birorta manfa’tlarimizdan voz kechishimiz evaziga berilishi mumkin xalos.

Ustilarimizdagi xoin hokimlarimizning shu ishga be’malol borishlari esa. Bizlarning beparvoligimiz yoki joxilligimiz sabab amalga oshmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.