Viktoriya Nuland: Davlat kotibi Xillari Klinton Bengazida AQSh elchisining o’ldirilishi haqida xisobot bermay turib o’z lavozimidan ketmaydi.

489
0

Vashington. 8 yanvar. Davlat departamenti raisi Xillari Klinton 2012 yilning 11 sentyabridagi islomchilarning Bengazidagi AQSh konsulligiga hujumi tafsilotlari haqida Senat qoshida xisobot bermay turib o’z lavozimidan ketmaydi. Bu haqda idora vakili Viktoriya Nuland bayon qildi.

Hujum oqibatida Liviyadagi AQSh elchisi Kris Stivens halok bo’lgan edi.

O’z o’rnidan ketayotgan davlat kotibining parlament yuqori palatasi qoshidagi oxirgi xisoboti 2013 yilning 21 yanvaridan, ya’ni prezident Barak Obamaning inauguratsiyasidan keyin o’tishligi kerak.

Avvalroq, prezident Barak Obama Davlat kotibi lavozimiga senatning horijiy siyosat bo’yicha qo’mitasi raisi Djon Kerri nomzodini rasman tavsiya qilgani ma’lum bo’lgan.

Djon Kerri 2004 yilgi AQSh prezidentligiga saylovlarda demokratlar partiyasidan o’z nomzodini qo’ygan edi. Biroq, saylovlarda kichik Djorsh Bushga yutqazib qo’ygan.

AQSh prezidenti Barak Obama Markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) boshlig’i lavozimiga nomzodni ham tanlab qo’ygan. Bu o’ringa terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo’yicha prezident maslahatchisi Djon Brennan nomzodi ko’rsatilishligi kutilmoqda.

Amerika razvedkasi fahriysi Djon Brennan 25 yillik ish tajribasiga ega.

Shuningdek, Barak Obamaning Pentagon boshlig’i lavozimiga sobiq senator, respublikachi Chak Xeygelning nomzodini ko’rsatishligi kutilmoqda.

Chak Xeygel o’zining Isroilga nisbatan tanqidiy mavqei bilan tanilgan. Undan tashqari, Eron masalasi hususida AQSh siyosiy doiralarida Xzygel qattiq tanqidga uchragan – uning fikricha, AQShning Eronga qarshi qo’ygan choralari yadro programmasini to’xtatib qo’yish masalasining echimi sifatida samarasizdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.