Turkiya manbalari: Asad Venesueladan boshpana izlamoqda

552
0

Turk diplomatlari Suriya ichkarisida harbiy kurash ayni qizigan va inqirozni siyosiy muvofiqlashtirishga yo’l topish uchun diplomatik hiyla-nayranglar bo’layotgan bir paytda Suriya prezidenti Bashar Asad o’zi va oilasiga Venesueladan boshpana izlayotganini ta’kidlashgan.

Turkiyaning uchta gazetasi ushbu diplomatlarga tayanib yozishicha, Karakasdagi Turkiya elchixonasi mas’ullari Venesuela tashqi ishlar vaziridan Asadning boshpana so’raganini tasdiqlagan. Ayni manba Venesuela mas’ullari bu xabar to’g’ri ekanligini tasdiqlaganini qo’shimcha qiladi.

Manba hozirda rak kasalligi tufayli Kubada davolanayotgan Venesuela prezidenti Ugo Chaves Rossiya va Eron qo’llab quvvatlayotgan Suriya prezidentining ittifoqdoshi ekanligiga ishora qiladi.

Suriya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Faysal Miqdod shu oyning boshlarida janubiy Amerikaga sayohat qilib, Ugo Chavesdan Suriyalik hamkasbiga alohida salom olib kelganini aytgan, biroq Bashar Asad Suriyani tashlab ketmasligini ta’kidlagan edi.

Suriya prezidentining Rossiya, Belorusiya va Venesuela kabi davlatlardan boshpana so’rash ehtimolini Suriya inson huquqlari manbasi ham tasdiqlagan.

O’tganda Yevropa Suriyadagi inqirozdan chiqish uchun Bashar Asadni hokimiyatdan ketishini talab qilishni Rossiyadan so’raganligi va buni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rad qilib, “g’arbning o’zi talab qilishi lozim”, deb aytganligi haqida xabarlar tarqagan edi. Jang Damashq ostonalariga etib kelganligiga qaramay, hanuzgacha Bashar Asad hokimiyatni tark etishi haqida biror alomat zohir bo’lmadi.

Shu haftaning boshida frantsiyaning “Le Figaro” gazetasi Amerika va Rossiya tomonidan tuzilgan reja haqida yozgan edi. Rejaga ko’ra, Bashar Asad hokimiyatda 2014 yilgacha qolishi va shu yilda rejalashtirilgan Prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’ymasligi ko’zda turilgan edi. Lekin Suriya milliy koalitsiyasi va jang olib borayotgan qo’zg’olonchilar bunday kelishuvni rad qilib, Bashar Asadga bir kun bo’lsa ham hokimiyatda qolishiga imkon beradigan hech qanday kelishuvni qabul qilmasligini aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.