Suriya chegaralarida yangi

467
0

golani

(Isroil) devori (Isroil) armiyasi kecha chorshanba kuni (Isroil)ning Suriya bilan chegarasida yangi devor qurilayotganini ochiqladi. Bu devorning uzunligi Misr chegarasidagi devor uzunligi bilan teng bo’lishi kutilmoqda. Devorning qurilishi Suriya prezidenti Bashar Asad qulashi ortidan yuzaga kelishi ehtimolda tutilgan beqarorlikni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Germaniya axborot agentligi (Isroil) qo’shini nomidan gapiruvchi shaxs Ari Cheligarga tayanib keltirishicha, 90km uzunlikdagi bu yangi devordan mavjud to’siqni kuchaytirish ko’zda tutiladi. U Jo’lon tepaligidagi (Isroil) va Suriya qo’shinlari egallab turgan er o’rtasini ajratib turuvchi vaqtinchalik chiziqdir.

Ari Cheligar shunday qo’shimcha qiladi: “kuzatuv kameralari va handaqlarni o’z ichiga olgan bu devorning qurilishi muammoni oldini oluvchi chora tadbirdir. Chunki Suriyadagi voqelik 5-10 yil burungidek bo’lmay qoldi. Qandaydir bir yo’l bilan yaqinda o’zgarish bo’lishi ko’rinib turipti. Bu o’zgarish qanday bo’lmasin, vaziyat avvalgi holicha qolmaydi”.

Yangi devorning qurilishi olti kun avval boshlangan. (Isroil) televideniyasi ikkinchi kanalining hisobotiga ko’ra, uning qurilishi bir oy ichida tamomlanish maqsadida tez sur’at bilan g’ayrioddiy shaklda olib borilmoqda.

Aytilishicha, (Isroil)ning Suriya bilan chegarasi bir necha yillardan buyon barqaror chegara hisoblanadi.

Suriyadagi hozirgi vaziyat bu yangi devor qurilishining asosiy sababi sanaladi. Lekin 2011 yil 15 may va 5 iyunda sodir bo’lgan noroziliklar uning qurilish qaroriga asosiy rol o’ynadi. Chunki yuzlagan Suriyalik va Falastinliklar o’lim xavfi bo’lsa ham chegarani yorib o’tish bilan (Isroil)ni gangitib qo’ydi
 Turkiston:
Afsuski, yaxudiylar ishonib kutib olishga tayorlanishayotgan Allohning nusratini, o’zlarining boshiga tushayotgan ba’zi bir musulmonlar tushunisha olmaydi.

Manba – Germaniya axborot agentligi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.