Saudiya muftisi Abdul Aziz ibn Abdulloh oli shayx Saudiya yigitlarini Suriya jihodiga da’vat qilishdan ogohlantirib, “suriyaliklarni mablag’ bilan dastaklash afzalroq” dedi.
Mufti o’tgan tunda Saudiya sharqidagi Dammam shahri masjidlarining imom xatiblari bilan uchrashuv chog’ida Saudiya yigitlariga ishora qilib “har qanday holat yuz bermasin, men ularning jihodga chiqishlarini qo’llab quvvatlamayman” dedi. U o’z pozitsiyasiga shunday sabab keltirdi: “ular ya’ni yigitlar o’zlari bilmagan joyga borishadi va qaysi bayroq ostiga kirayotganini bilishmaydi. Bu ularni nomunosib vaziyaga tushib qolishiga va dushman uchun oson nishonga aylanishiga sabab bo’ladi”.
Abdul Aziz ibn Abdulloh oli shayx “suriyaliklar uchun duo qilish va mablag’ bilan yordam ko’rsatish afzal bo’ladi, ular bunga muxtoj” deya qo’shimcha qildi. U suriyaliklarni dastaklash davlat ruxsati bilan amalga oshirilishini shart qildi.
Saudiya ulamolar hay’ati a’zolaridan biri o’tgan iyun oyida saudiyaliklar uchun davlat ruxsatisiz Suriyada jihod qilish haromligini taqozo qiladigan fatvo chiqargan edi. Bu fatvo internet tarmoqlarida jihodga chorlovchi fikrlar kupayab ketgandan keyin chiqarilgan edi.
Saudiya Suriya inqirozini tinch yo’l bilan hal qilinishini qo’llab quvvatlaydi
Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal Misrlik hamkasbi Muhammad Amr bilan kecha Riyozda o’tkazgan matbuot anjumanida shunday dedi: “Suriya inqirozini tinch yo’l bilan hal qilish arablararo va xalqaro talab qilingan va kutilgan ishdir. Undan chiqish yo’llari Suriya xalqining o’ziga bog’liq”.
Turkiston:
Ey mufti, tantanalarda, savdo maskanlarida va mehmonxonalarda musulmonlar xazinasidan o’g’irlangan millionlagan dollarni sovurayotgan Saud oilasi va ularning qizlarining hukmi qanday bo’ladi?
Agar rostgo’ylardan bo’lsangiz mana shular haqida fatvo bermaysizmi?! Janob mufti, Suriya rejimiga qarshi chiqish bilan Saudiya rejimiga qarshi chiqish o’rtasida qanday farq bor, xavorijlar kimlar, harbiy kuch bilan hokimiyatga kelganlarmi yoki Islomni himoya qilganlarmi, shuni aytib bera olmaysizmi?
Hayronman, haq bilan nohaq oq bilan qora kabi aniq ravshan ko’rinib turgan bo’lsa, qalbida jannat zavqi jo’sh urgan, shahidlik orzusida jihodga yo’l olgan kishilar qanday ajrata olmasligi mumkin?