Bashar Asad Suriya inqiroziga echim taklif qilmoqda

270
0

Suriya Prezidenti Bashar Asad qariyib ikki yildan beri davom etib kelayotgan qo’zg’olonni nihoyasiga etkazish “tashabusi”ni o’rtaga tashladi.

Bashar Asad yuzlagan Suriya mas’ullari oldida so’zlagan nutqida “muzokara Suriyaga xiyonat qilmagan va G’arbning qo’g’irchog’i bo’lmagan kishilar bilan olib boriladi”, dedi va muzokaradan keyin yangi hukumat tashkil qilinib, umumiy avf e’lon qilinishiga ishora qildi.

Bashar Asadga ko’ra, tashabbus uch bosqichdan iborat bo’ladi.

Birinchi bosqich:

– “Terroristlar”ni qurrol bilan ta’minlayotgan davlatlar qurol va mablag’ bilan ta’minlashni to’xtatishi va qochqinlarning qaytib kelishiga imkon yaratish uchun “terror amaliyotlari”ni bas qilishlari lozim.

– Suriya armiyasi Suriyaga tahdid tug’ilgan holatda raddiya bildirish huquqini o’zida saqlab qolgan holda o’z amaliyotini to’xtatadi.

– Atrofni, xususan chegaraga aloqador erlarni kuzatib turish inkonini beradigan mexanizm o’rnatiladi.

Ikkinchi bosqich

– Hukumat nazorati ostida barcha taraflar ishtirok etadigan milliy anjumanni tashkil qilish.

– Milliy shartnomani shakllantirish. Shartnomaga ko’ra, Suriya suvereniteti, xalqlar birligi mudofaa qilinadi va davlat ishlariga tashqi har qanday aralashuv rad qilinadi. “Terror” va zulm ham rad qilinadi. Bitimni xalqqa havola qilinib referendum o’tkazish belgilanadi.

– Milliy muzokarada belgilangan narsalarni amalga oshirish uchun kengaytirilgan hukumatni tashkil qilish.

Uchinchi bosqich

– Kostitutsiga muvofiq hukumat tashkil qilish.

– Tinchlik bitimini tuzish uchun milliy anjuman tashkil qilish va qo’zg’olon sababli qamoqqa olingan barcha kishilarga umumiy avf e’lon qilish.

– Qo’zg’olon boshlangandan buyon vayron bo’lgan erlarni qayta obod qilishga kirishish.

Prezident Asad ayni xitobda Suriyadagi bo’layotgan ishlar xalq qo’zg’oloni emasligini aytib o’tdi. Quyida xitobda keltirilgan muhim nuqtalarga e’tibor qaratamiz:

– Kurash hokimiyat bilan qarshi harakat o’rtasida emas, balki vatan bilan vatan dushmanlari o’rtasida bo’lmoqda.

– Uni qo’zg’olon deb atashayapti, ammo uning qo’zg’olonga hech qanday aloqasi yo’q

– Dushmanlar xalqdan o’ch olishga qaror qilishgan.

– Arab bahori sovun ko’pigidan boshqa narsa emas.

– Dindan qaytganlar bilan jang qilyapmiz. Ularning aksari suriyalik emas.

– Dushmanlar xalqdan o’ch olishga qaror qilib, terror amaliyotlarini uyushtirmoqda.

– Terroristlarning Suriyaga suqulib kirishi e’tiborga molik ish, ammo ularni quvib haydash ilojsiz ish emas.

– Suriya bor kuchini milliy harakatga aylantirmay turib hargiz bu mashaqqatdan qutila olmaydi.

– Bu erda Rossiya va Xitoy kabi, o’z printsipi va manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlatning ichki ishlariga aralashishdan bosh tortayotgan ko’p davlatlar ham bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.