Saudiya amiri Suriya qo’zg’olonchilarini qurol bilan ta’minlashni talab qilmoqda

448
0

Saudiyada hukmron oilaning ko’zga ko’ringan amirlaridan biri ekstrimistik jamoalar qo’zg’olonni o’zlashtirib olmasligi uchun prezident Bashar Asadga qarshi jang qilayotgan Suriya qo’zg’olonchilarini tanklar va samalyotlarga qarshi qo’llaniladigan qurol-aslahalar bilan ta’minlashga chaqirdi.

Sobiq Saudiya razvedka boshlig’i va hozirgi Saudiya tashqi ishlar vazirining ukasi Turkiy Faysal hukumatda biror mansab egasi emasligini va shu bois diplomat bo’lishga majbur emasligini zikr qilib o’tdi. Biroq uning faraz qilishicha, qo’zg’olonchilar qanday bo’lmasin, qurolga yo’l topadi. Agar ularga qurol (nazorat ostida) yuborilmasa katta xatoga yo’l qo’yilgan bo’lishini qo’shimcha qildi u.

Faysal Shvetsariyada o’tgan olamshumul iqtisodiy yig’ilishda shunday dedi: “Suriyada 60 ming kishining yostig’i quridi. Asad hokimiyatdan ketgungacha bu raqam ikki yoki uch barobar o’sishini kutib o’tirishimiz shartmi?”

Britaniyaning Guardian gazetasi Saudiya qiroli Abdulloh ibn Abdul Aziz Suriya qarshilik harakatini qurol bilan ta’minlashga ochiqcha chaqirgan arab liderlaridan birinchisi ekanligiga ishora qildi.

Gazeta Suriyadagi qurolli qarshi harakat orasida “jihodiy guruh” nomiga ega muntazam kengayib borayotgan vujud xususida xatar sadosi o’tgan haftada ham yangraganligini va hatto Amerika, Britaniya va boshqa g’arb davlatlari qo’zg’olonchilarga yuborilayotgan qurollar turlarini tanlashda o’ta ogoh bo’lishga chaqira boshlaganligini zikr qildi.

Turkiy Faysal tashqi davlatlarda qo’zg’olonchilarning birligi haqida etarli ma’lumot bo’lishi lozimligini aytib o’tdi, toki qurollar ayni jamoaga etib borishi ma’lum bo’lsin.

Sobiq Saudiya razvedka boshlig’i joriy haftada arab olami Suriya mojarosiga nisbatan yolg’iz munosabat bildirishga qodir emasligi va G’arb davlatlari kengroq ko’lamda bu ishga aralashishlari lozimligini ta’kidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.