Amerika-Islom munosabatlari Kengashi tashkiloti (CAIR) Vashingtonda irqchilikka va islomofobiyaga (islomdan xavfsirashga) qarshi keng miqyosli jamoiy kampaniyani boshladi.
CAIR Amerika jamiyatiga Islomni yanada yaqinroq qiluvchi yangi jamoiy kampaniyani ishga tushirdi. Tashkilotga ko’ngilli yordam beruvchilar hamda barcha xohlovchilar Qurondan o’zlariga yoqqan iqtiboslari bilan o’rtoqlashishlari mumkin.
Yaqin vaqtlar ichida Vashington ko’chalarida, umumiy transport bekatlarida, metropoliten stantsiyalarida, vokzallarda, texnik hizmat ko’rsatish stantsiyalarida va umumiy ovqatlanish joylarida ko’psonlagan, Quron oyatlari yozilgan rangli plakatlar poydo bo’ladi.
Yaratilgan tomonidan kelayotgan fikratni xayotga tatbiq qilayotgan Amerika qanchalik chiranmasin Muqaddas Quron oyatlarining ommaviy yoyilishligiga qarshi turolmaydi.
Bu narsa cheksiz kreditlar va buzuqiliklar ostida ezilgan xalqqa malham bo’lishi mumkin. Quronning go’zal oyatlarini ko’rib va eshitib, insonlar o’zlarini qiynayotgan savollarga javob topa oladilar va tatbiq qilinayotgan kufr tuzumda echimsizday ko’rinayotgan muammolarni echadilar.