Qirg’iziston Chegara xizmati OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo’limining ma’lum qilishicha, qirg’iz-o’zbek chegarasidagi «Do’stlik», «Madaniyat» va «Kengsoy» o’tish punktlari 17 yanvardan e’tiboran O’zbekiston tarafidan bir tomonlama yopildi, deya xabar tarqatdi CA-NEWS.
Shu bilan birga, O’zbekistondagi Qirg’iziston fuqarolari uchun o’z yurtlariga, Qirg’izistondagi o’zbekistonliklar uchun esa o’z vatanlariga o’tishga ruxsat berilmoqda. O’zbekiston tomoni faqatgina aviabileti bor Qirg’iziston fuqarolarini tranzit holatida O’zbekiston hududi orqali o’tkazmoqda.
Mazkur cheklovlar faqat O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolariga nisbatan qo’llanilmoqda. Boshqa davlatlar fuqarolari chegaradan hech qanday cheklovlarsiz o’tmoqdalar. 18 yanvardan e’tiboran «Qizilqiya» punktidan odamlar va transport vositalarining o’tishi to’xtatilgan. Mazkur choralar O’zbekiston tomonidan Qirg’izistonga rasman bildirmagan holda amalga oshirilmoqda.
Ozodlikdan olingan xabarga ko’ra, Qirg’iziston ichki ishlar vaziri Shamil Ataxanov qirg’iz matbuotiga bergan suhbatida Qirg’iziston O’zbekiston bilan chegarasidagi etti o’tkazish punktini yopib qo’yganini aytdi. “Shuning uchun o’zbek tomoni Qirg’izistonga javob chorasi qatorida “Do’stlik” chegara punktini yopib qo’ygan bo’lishi mumkin”, dedi Shamil Ataxanov.
“Do’stlik” chegara o’tkazish punkti O’sh shahriga yaqin joyda joylashgan. Bu chegara punkti Qirg’iziston janubidan O’zbekistonga o’tish mumkin bo’lgan yagona bekat hisoblanadi. Qolgan 17 chegara punkti esa O’zbekiston tomonidan 2010 yilda yopilganicha xanuz ochilgani yo’q edi. 5-7 yanvar kungi So’x voqeasidan so’ng esa Qirg’iziston tomoni chegarani yopgani uchun O’zbekistonning So’x tumani qamal holatida qolgan va bu erda oziq-ovqat, benzin muammosi yuzaga kelib, narxlar qimmatlab ketgan edi.
Turkiston: O’zbekistonning yuqoridagi xarakatlari, R Bleykning Manasdagi xarbiy bazasini turish muddati 2014 yilda tugashi munosabati bilan, muddatni cho’zish taklifiga Atambaev tomonidan rad javobini olganiga bog’liq emasmikin.
Agar shunday bo’lsa, ya’ni Karimov AQShning manfaatlari uchun xar qanday ishdan bosh tortmaydigan xulosaga kelgan bo’lsa, unda u natijalaridan qat’iy nazar O’rta Osiyoda provokatsiyali xarakatlarni davom ettiradi.
Xa shu ketishda O’ Osiyoni yomon kunlar kutayotgan bo’lishi mumkin.
Muammo shundaki, O’rta Osiyo davlatlarining, AQSh va Rossiyaga oxirgi paytlarda ma’lum darajada Xitoyga xam, qaramliklari jez suratda ortib bormoqda. Shu darajaga etdiki, ular Qirg’iziston raxbarlari bilan xatto savdolashishni xam to’xtatib, faqat bosim berish bilan maqsadlariga erishish yo’liga o’tishdi.
O’zbekiston raxbarini esa, Yaqin Sharq raxbarlarini o’rnak qilib ko’rsatib, yaqin kelajakda taxtidan ketishligi muqarrarligidan, o’z shaxsining manfaatlaridan kelib chiqib fikrlaydigan qila olishdi. Endi unga nisbatan bosimlar, ko’proq uning shaxsiy xavfsizligiga qaratiladi.
Xozirgi voqe’da esa, xalqaro siyosat AQShning ta’siri ostida bo’lganidan, Karimov o’z taqdirini faqat unga ishona oladi. Vaxolanki mintaqa, iqtisodiy rivojlanish, strotegik va giopolitik tomonlama Rossiyaga qulayroq.
O’zbekiton qo’shnilari bilan o’rtalaridagi giopolitik kelishmovchilikda ekanligidan, chegaralarining ximoyasida, savdo aloqalarini keskin to’xtatilayotganidan kun sayin juda katta ziyon ko’rayotganidan tashqari, juda katta manfaatlarni qo’ldan boy berib kelmoqda.
Natijada bu zaif davlatlarning tabiiy resurslari, katta davlatlar o’rtalarida shu davlatlarni o’zlarini qaram qilishda siyosiy qurollarga aylantirilmoqda.
Bundan tashqari, mintaqadagi davlatlarning barchasi bir tomonlama xarakatlanishi, kutilayotgan kelishmovchiliklar va xatto urushlarning oldini olishi mumkin edi.
Lekin bu xorlikdan qutilish yo’llarini, o’zlari atayin olib kelgan yuqoridagi tuzim egalaridan, yoki shu tuzimning o’zidan kutish, siyosiy axmoqlikdan boshqa narsa emas.
Balki bu davlatlarning o’rtalarini bog’laydiga yagona Islom robitasiga asoslangan xarakatlargina qutqarib qolishi mumkin. Insha ALLOX.