O’zbekiston ayollari 100 foiz kontratseptsiya (homiladan to’suvchi vositalar) bilan ta’minlandi

759
0

BMT jamg’armasi, O’zbekistonda tug’ilishni nazorat qilish yuzasidan barcha sharoitlar yaratilgani – tug’ish yoshidagi barcha ayollar uchun sterilizatsiya (bichish) kontratseptivlari etarli ekanligi haqida xabar berdi.

Tashkilotning reproduktiv sog’liq masalalari bo’yicha maslahatchisi Feruza Fozilova 1993 yildan buyon O’zbekistonga BMTning aholi jamg’armasi (UNFPA) tomonidan 20 million dollardan ziyod miqdorda kontratseptsiya vositalari etkazib berilgani haqida aytadi. Uning so’zlariga ko’ra, bugungi kunda reproduktiv yoshdagi o’zbek ayollarida muayyan xizmatni olish va kontratseptsiya (homiladan to’suvchi vositalar) usullaridan foydalanish imkoniyatlari 100 foiz ta’minlangan.

Hozirgi kunda, BMT ma’lumotlariga ko’ra, respublikada 14 milliondan ortiq ayol yashaydi, ularning yarmidan ko’pi fertil – ya’ni bola ko’rish yoshidadir. Homilaning oldini olish vositasi – bachadon spirali (VMS), gormonal in’ektsion va ichish kontratseptivlari – bepul tartibda etkazib beriladi.

O’zbek shifokorlarining bisotidagi kontratseptsiya (homiladan to’suvchi vositalar) usullaridan biri, – bu ko’pbolali ayollarni sterilizatsiya qilish (bichish) usulidir. IWPR va 2012 yili Bi-bi-si o’tkazgan jurnalistik surishtiruv o’zbek viloyatlaridagi o’nlab yosh ayollar ularning roziligisiz tezkor muolajalar chog’ida jarrohlik yordamida bachadonlari olib tashlangani aniqlangan. Shifokorlar anonimlik shartiga ko’ra Bi-bi-si jurnalistiga, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligida sterilizatsiya (bichish) o’tkazish uchun maxsus reja borligini, bu tibbiyot muassasalariga yuklatilganini bildirishgan.

“Har yili bizga reja beriladi. Har bir shifokor qancha ayolga kontratseptiv berishi lozimligi, qanchasini sterilizatsiya qilish (bichish)i kerakligi haqida yo’riqnoma oladi”, – deydi toshkentlik shifokorlardan biri.

2012 yil yozida Bi-bi-siga gapirgan o’zbek ayollari ikkinchi farzandlari tug’ilganidan so’ng o’zlari bexabar bo’lgan holda bachadon naychalari tugib qo’yilgani yo-da olib tashlanganini aytishgan. Taniqli jurnalist va faol Malohat Eshonqulova yashirin sterilizatsiya (bichish) amaliyotini o’z boshidan o’tkazgan ayollardan biri. Uning aytishicha, O’zbekistonda bu kabi tajriba shu kecha-kunduzda ham davom etayotgani belgilari bor.

Sog’liqni saqlash vazirligidagi manbaga ko’ra, bu maxfiy sterilizatsiya (bichish) dasturidan maqsad O’zbekiston aholi o’sish darajasini nazorat ostiga olishdir. Ayollarning majburiy sterilizatsiya qilinish (bichish) uchun Shifokorlar uchun oylik kvotalar belgilangan.

“Menga ham kvota berilgandi. Oyiga to’rt ayolni sterilizatsiya qilishim kerak edi”, deydi ham o’z nomini oshkor qilishni istamagan O’zbekistonlik shifokor.

Yana tibbiyot sohasida ishlaydigan boshqa ikki manbaga ko’ra, O’zbekistonning qishloq mintaqalarida vaziyat juda abgor. Shifokorlar bosim ostida qolishgan. Bir ginekolog oyida sakkiz nafargacha xotin–qizni bepusht qilishi kerak. Jizzaxlik uch farzandning onasi bo’lgan bir ayol har oy uning uyiga mahalliy hamshira kamida ikki marta, ba’zida bundan ko’proq kelishi va uni sterilizatsiya qilish (bichish)ga undashini aytadi. Hamshira hozir sterilizatsiya bepul ekani, keyinroq pullik bo’lishini aytib unga bosim ko’rsatar ekan.

Sterilizatsiya (bichish) haqidagi ilk ma’lumotlar 2005 yilda paydo bo’lgan, o’shanda Gulbahor To’raeva o’zi ishlaydigan Andijon shahri shifoxonasining o’likxonasiga yosh, sog’lom ayolning bachadoni keltirilganini qayd etgan. 200 ayolning o’z bachadonidan ayrilganining dalil-isbotini qo’lga kiritgan Gulbahor To’raeva rahbarlaridan izoh talab qiladi. Aksincha, uning o’zini ishdan haydab yuboradilar. 2007 yilda To’raeva xonim mamlakatga muxolifat adabiyotini kontrabanda yo’li bilan olib kirishda ayblanib mahkamaga tortiladi.

“Qog’ozda sterilizatsiya (bichish) ixtiyoriy bo’lishi kerak, deb yozilgan, amalda esa ayol kishida tanlov imkoniyati yo’q”, deydi o’zining ismi-sharifini oshkor etilishini istamagan viloyat shifoxonalaridan birining etakchi shifokori.

“Ayollarga, ayniqsa, kambag’al ayollarga o’zingning gapingni o’tkazish oson. “Yana bola ko’rish sizning sog’lig’ingga zarar, shuning uchun siz uchun eng yaxshi yo’l sterilizatsiya qilish”, deb aytish mumkin. Yoki bu gaplarni aytib o’tirmasdan ham jarrohlik amaliyotini qilib yuborishing mumkin”, deydi shifokor.

G’arb bilan munosabatlarida Karimov shunga erishdiki, inson huquqlarini toptagani uchun hech qanday jazo chorasi ko’rilmaydi. Gap inson haqlariga borib taqalsa, sukunat cho’kadi. Buning sababi Amerikaning Pokiston bilan munosabatlari yomonlashib borayotgani hamda NATOning Afg’onistondagi qo’shinlarini olib chiqishda tobora ko’proq O’zbekiston hududidan ham foydalanishiga to’g’ri kelayotganidadir.

BMTga ko’ra, O’zbekistonda tug’ish darajasi Karimov qudratga kelganidan beri keskin tushib ketgan. Sovet Ittifoqi davrida har onaga 4.4 farzand to’g’ri kelsa, Karimov prezidentlikni qo’lga kiritishi ortidan bu ko’rsatkich 2.5ga tushgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.