Joniga qasd qilgan askarlarning haqiqiy soni Isroilni larzaga soldi

663
0

Isroil hukumati mamlakat armiyasi harbiy xizmatchilari orasida o’z joniga qasd qilish hollarining rasmiy statistikasini e’lon qilgan mahalliy blogerni hibsga oldi, deb xabar qiladi “Al-Arabiya”. Ushbu blogga qo’yilgan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi o’n yil ichida 240 nafar Isroil askari o’z joniga qasd qilgan bo’lib, bu son hukumatning rasmiy matbuotda bergan ko’rsatkichidan ko’p ekan.

Masalan, 2003 yilda 43 harbiy xizmatchi o’z joniga qasd qilgan bo’lsa, Isroil armiyasi faqat 37 kishining halok bo’lganini ma’lum qilgan, deb yozadi “Islam-nyus”. Mazkur ma’lumotning oshkor etilishi Isroil jamiyatida amaldorlarning o’z joniga qasd qilgan harbiy askarlar soniga doir real statistikani yashirgani tufayli katta shov-shuvga sabab bo’ldi, deb qo’shimcha qiladi Azan.KZ.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.