O’zbeksiton Qirg’izistonga qarashli yuzlab vagonni o’tkazmayabdi

291
0
 

Qirg’izistonga qarashli 600 dan ortiq vagon o’zbek-qirg’iz chegarasining O’zbekiston tomonida to’planib qolgani aytilmoqda. O’zbekiston chegara nazorat punktlarini yopib qo’ygani tufayli Qirg’izistonga o’tolmayotgan vagonlarning 80tasida yonilg’i borligi aytilmoqda, deya xabar qiladi Ozodlik sayti.

RIA Novosti agentiligining Qirg’iziston neft savdosi bilan shug’ullanuvchi shirkatlar uyushmasiga tayanib, ma’lum qilishicha, chegaralarni ochish masalsi yaqin orada hal bo’lmasa, Qirg’iziston janubida ekish kampaniyasiga jiddiy putur etkazilishi mumkin.

Chorshanba kuni O’zbekiston va Qirg’iziston davlat chegara xizmatlari boshliqlari muzokara o’tkazdi. Farg’ona viloyati Quvasoy shahridagi muzokaralarda chegara mojarosini hal qilish borasida bildirilgan takliflarni davlat rahbarlariga etkazish to’g’risida kelishib olingani xabar qilindi.

5-6 yanvar kunlari So’xda mahalliy aholi va Qirg’iziston chegarachilari o’rtasida mojaro chiqqanidan 60 ming aholiga ega bo’lgan So’x tumani yopiq holda qolmoqda. Ayni paytda O’zbekston ham o’z hududidagi Qirg’izistonga qarashli Barak anklavini yopib qo’ygan.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.